XALQ DEPUTATLARI OHANGARON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning Ohangaron tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ohangaron tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori A.Aliqulovning - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning Ohangaron tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida – Vazirlar Mahkamasining 2013-yildagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tuman Kengashi qarori bilan 588 suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Ohangaron tumani amalayotiga ega boʻlgan suv obyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilanishi koʻrsatib oʻtilganligi toʻgʻrisida hisoboti tinglanib, Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasining yigʻilish bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
1. Ohangaron tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori A.Aliqulovning - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning Ohangaron tumanidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Ohangaron tumanida 2025-yil sugʻorish davrida suv isteʼmolchilari kesimida suvdan foydalanish boʻyicha limit hududlar boʻyicha ilovalarga asosan tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning Ohangaron tumanidagi ijrosi Xalq deputatlari tuman Kengashiga har choraklarda hisobot berib borilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining barcha deputatlariga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarorida belgilangan topshiriqlarning izchil, sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini oʻrnatsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari” boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (A.Tashanov)ga, ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari A.Boyqobilov zimmalariga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi RAXMANOV IBRAGIMJON ABSAMATOVICH
Toshkent viloyati, Ohangaron tumani,
2025-yil 7-may,
VII-8-38-10-134-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.