07.05.2025 yildagi VII-10-43-10-142-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI PISKENT TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piskent tumanidagi geografik obyektlarga nom berish yoki qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi 303-sonli qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarni nomlash toʻgʻrisidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ekspert kommisiyasi”ning xulosasi va Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 25-martdagi 1/12-4-1596-sonli bayonini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunning 6, 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi, qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish boʻyicha ekspert kommisiyasi”ning 2025-yil 20-martdagi 03/08-2856-sonli xati bilan taqdim qilingan xulosasi va Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 25-martdagi 1/12-4-1596-sonli bayoni maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tumandagi geografik obyektlariga beriladigan nomlar va ularni qayta nomlash takliflari jami 774 ta koʻchalar 1-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi (X.Isamuxamedov), tuman statistika boʻlimi (A.Shodmonqulov), Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali (A.Aliyev) tumanda yangi nomlangan geografik obyektlarni koʻchalarning yangidan nomlanishi munosabati bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tuman xaritasiga joylashtirish, elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (L.Raxmatullayev) tuman mahallalaridagi nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish va tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan geografik obyektlarga nom berilganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar qonunchilikda belgilangan muddatlarda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Kadastrlar Agentligiga taqdim etilsin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror ijrosi nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha” doimiy komissiyasi T.Azamatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi MAXMUDOVA ZAYNAB ERGASHEVNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Piskent tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-43-10-142-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.