XALQ DEPUTATLARI NAVBAHOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5- sonli qarorining 7-bandida “har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni nosugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritish” topshirigʻi berilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 82-sonli qarorining 1- ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv olish limitlari buning uchun vakolatli boʻlgan tashkilotlar tomonidan belgilanadi hamda barcha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari uchun majburiy hisoblanishi hamda suv olish limitlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan — suv isteʼmolchilariga, shuningdek, boshqa suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga Navbahor tuman ahamiyatiga ega boʻlgan suv obʼyektlaridan manbalar, hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha belgilash koʻrsatib oʻtilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi hamda Navbahor tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori U.Nazarovning Navbahor tumani boʻyicha 2025 yil sugʻorish mavsumida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Z.Gʻulomov va Navbahor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori U.Nazarovlarga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiya raisi zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi OʻROQOV AZAMAT SHODIYEVICH
Navoiy viloyati, Navbahor tumani,
2025-yil 6-may,
VII-7-47-5-73-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.