XALQ DEPUTATLARI JIZZAX SHAHAR KENGASHINING
QARORI
Jizzax shahrining Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻini tasdiqlash toʻgʻrisida
“Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 21-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 41-sonli bayoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi “Maʼmuriy hududiy birliklar chegaralarini belgilash, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda yaylov va pichanzorlarda geobotanik tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 299-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2023-yil 15-dekabrda tasdiqlangan 03/4.3-253-son “Yoʻl xaritasi” hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6-, 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Jizzax shahrida maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash, hudud(massiv)lar kesimida yer maydonlarini deshifrovka qilish, yer resurslarini xatlovdan oʻtkazish hamda natijalari asosida elektron raqamli qishloq xoʻjalik xaritalarini yangilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha tuzilgan shahar komissiyasining Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar:
Jizzax shahrining Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegara chizigʻining tavsifi 1-ilovaga muvofiq;
Jizzax shahrining Sharof Rashidov va Gʻallaorol tumanlari bilan maʼmuriy-hududiy chegarasining kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ushbu qarorning tasdigʻi xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashidan soʻralsin.
4. Shahar hokimligi axborot xizmati (X.Raximova)ga mazkur qarorni shahar hokimligining rasmiy veb-saytida va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Kengash raisi XOLMURODOV KOMIL ADXAMOVICH
Jizzax viloyati, Jizzax sh.,
2025-yil 6-may,
VII-8-81-3-55-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.