QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
QARORI
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 247-son qarori hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 30-apreldagi 203-4-0-Q/25-son qarori ijrosi haqida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 247-son qarori hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 30-apreldagi 203-4-0-Q/25-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida” gi 247-son qarori hamda Qashqadaryo viloyati hokimining 2025-yil 30-apreldagi 203-4-0-Q/25-son qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
1-bandiga ko'ra, quyidagilar:
a) Oʻzbekistan Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasiga asosan, Oʻzbekistan Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda - Davlat aktivlari agentligi):
davlat mulkini boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishi; davlat muassasalarining, shu jumladan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat mulkini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishi;
davlat muassasalariga operativ boshqaruv xuquqi asosida berilgan davlat mulkining ortiqcha qismini, shuningdek, foydalanilmayotgan yoki lozim darajada foydalanilmayotgan davlat mulkini olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi;
b) respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining, davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarining ma'muriy binolarida xodimlarni joylashtirish me'yorlari tasdiqlanganligi;
v) ma'muriy binolarda xodimlarni joylashtirish me'yorlaridan kelib chiqqan holda, Davlat aktivlari agentligiga respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini samarali joylashtirish boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolati berilganligi ma' lumot uchun qabul qilinganligi;
2-bandiga koʻra, boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi:
xatlovni oʻtkazishning birlamchi ma'lumotlarini shakllantirish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan onlayn axborot almashinuvi orqali real vaqt rejimida ma'lumotlarni olgan holda tahlil qilishi;
tahlil natijasida shakllangan davlat koʻchmas mulk obyektlari asosida Davlat aktivlari agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi tomonidan obyektni joyiga chiqqan holda xatlovdan oʻtkazishi;
boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari (keyingi oʻrinlarda - boʻsh turgan bino) toʻgʻrisidagi ma'lumotlarni “Inventarizatsiya” mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida “Davlat mulki” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda - “Davlat mulki”AT) kiritishi;
“Davlat mulki”AT orqali boʻsh turgan binolarning hisobini yuritishi;
boʻsh turgan binolardan samarali foydalanish mezonlarini belgilashi inobatga olinsin va ijroga qaratilsin.
3. Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya boʼlimi boshlig'i (H.Nazarov):
bir oy muddatda davlat koʻchmas mulk obyektlaridan tekin foydalanish boʻyicha rasmiylashtirilgan shartnomalar “online-ijara.uz” axborot tizimida qayta roʻyxatdan oʻtkazilishini;
ma'muriy binolarga xodimlarni joylashtirish me'yorlaridan kelib chiqqan holda, tizimidagi tashkilotlarning ma'muriy binolarini oʻrganish, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish choralari koʻrilishini ta'minlasin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari H.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Koson tuman hokimi A. BOYKARAYEV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2025-yil 6-may,
135-4-60-Q/25-son