XALQ DEPUTATLARI MINGBULOQ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Mingbuloq tumani boʻyicha 2025 yil yoz-kuz mavsumi uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Mingbuloq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari SH.Yoqubovning Mingbuloq tumani boʻyicha 2025 yil yoz-kuz mavsum uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2 ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari I.Ergashev Mingbuloq tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM rahbari SH.Yoqubov bilan birgalikda:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan muddatda ajratilgan suv olish limitlarini har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyasi S.Xodjamov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari I.Ergashev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi MANSUROV AXROR AXMADALIYEVICH
Namangan viloyati, Mingbuloq tumani,
2025-yil 6-may,
VII-8-45-6-81-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.