XALQ DEPUTATLARI SHEROBOD TUMANI KENGASHINING
QARORI
Sherobod tumani hududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2025-yil 12-martdagi 67-8-119-F/25-sonli farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi tomonidan Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharcha va qishloqlarlarining umumiy perimetri 844 772,12 metr umumiy maydoni 265 230,75 gektar ekanligi aniqlandi.
Jumladan:
Yangiturmush qishlogʻi umumiy peremetri 197312,18 metr, umumiy maydoni 85056,28 gektar;
Seplon qishlogʻi umumiy peremetri 58096,49metr, umumiy maydoni 6626,52 gektar;
Rabotak qishlogʻi umumiy peremetri 49234,57 metr, umumiy maydoni 6061,89 gektar;
Chinobod qishlogʻi umumiy peremetri 37604,42 metr, umumiy maydoni 6111,83 gektar;
Sariqamish qishlogʻi umumiy peremetri 50699,19 metr, umumiy maydoni 7403,61 gektar;
Oqqoʻrgʻon qishlogʻi umumiy peremetri 57986,34 metr, umumiy maydoni 9227,12 gektar;
Koʻhitang qishlogʻi umumiy peremetri 223212,71 metr, umumiy maydoni 129230,52 gektar;
Boʻston qishlogʻi umumiy peremetri 38406,28 metr, umumiy maydoni 6374,07 gektar;
Tallashqon qishlogʻi umumiy peremetri 46449,29 metr, umumiy maydoni 6672,53 gektar;
Sherobod shahar umumiy peremetri 19397,87 metr, umumiy maydoni 775,71 gektar;
Kilkon shaharchasi umumiy peremetri 8391,09 metr, umumiy maydoni 192,84 gektar;
Navbogʻ shaharchasi umumiy peremetri 8962,50 metr, umumiy maydoni 186,51 gektar;
Paxtaobod shaharchasi umumiy peremetri 10595,77metr, umumiy maydoni 243,82 gektar;
Sariqamish shaharchasi umumiy peremetri 6453,65metr, umumiy maydoni 172,05 gektar;
Yangiariq shaharchasi umumiy peremetri 9601,20metr, umumiy maydoni 225,95 gektar;
Zarabogʻ shaharchasi umumiy peremetri 15150,21metr, umumiy maydoni 497,62 gektar;
Choʻyinchi shaharchasi umumiy peremetri 7218,36metr, umumiy maydoni 171,88 gektar;
Sherobod tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifidajoyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlari aks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlar palatasining Sherobod tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi qaror qiladi:
1.Davlat kadastrlar palatasining Sherobod tumani filiali rahbari E.Musayevning Sherobod tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo boʻlinmasi tomonidan Sherobod tumanidagi Shahar,shaharcha va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yil 12-apreldagi 01-02/46 sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2.Sherobod tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3.Tuman hokimligi matbuot xizmati (A.Toshtemirov) ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
4.Ushbu qarorning tasdigʻi Surxondaryo viloyati Xalq deputatlari Kengashidan soʻralsin.
5.Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman davlat kadastrlari palatasi Sherobod tumani filiali boshligʻi E.Musayevlar zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi CHORIYEV ABDUZOIR
Surxondaryo viloyati, Sherobod tumani,
2025-yil 5-may,
VII-10-70-8-119-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.