XALQ DEPUTATLARI ULUGʻNOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Ulugʻnor tumanida suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari va 2025-yilning oʻsiv davri uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv - tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning hisobini yuritish tizimini takomillashtirish, shuningdek, suv xoʻjaligi tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha ishlar izchil davom etmoqda.
Suv resurslarini boshqarish va suv xoʻjaligi obʼektlaridan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini taʼminlash, suv xoʻjaligini boshqarish sohasida bozor tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, ushbu sohada ilm-fanni rivojlantirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2.Ulugʻnor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Xaydarov Asliddin Ismoiljon oʻgʻlining hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Belgilansinki:
Ulugʻnor tuman 2025-yil hosili uchun asosiy maydonlarga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumaniga iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha 2025-yil aprel-sentabr oylari uchun ajratilgan cheklangan suv limiti taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumaniga suv manbalari boʻyicha 2025-yil aprel-sentabr oylari uchun ajratilgan cheklangan suv limit taqsimoti 3-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumaniga suv manbalari boʻyicha 2025-yil aprel-sentabr oylari uchun ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 4-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining paxta-gʻallamaydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 5-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining “Bogʻdorchilik”maydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 6-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining “Sabzavotchilik”va “Polizchilik” maydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 7-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining “Chorvachilik”va “Parrandachilik” maydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 8-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumanida 2025-yil vegetatsiya mavsumida “Baliqchilik”yoʻnalishi boʻyicha xoʻjaliklar uchun ajratilgan suv limiti miqdori 9-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining “Sholichilik”maydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 10-ilovaga muvofiq;
Ulugʻnor tumani isteʼmolchilarining “Aholi tomorqa” va “Dehqon xoʻjaliklari” maydonlariga 2025-yil 1-apreldan 30-sentabrgacha ajratilgan cheklangan suv limiti miqdori 11-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Tuman hokimligi manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni xatlovdan oʻtkazish hamda taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish choralarini koʻrsin.
5. Ulugʻnor tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi rahbari A.Xaydarovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
tuman hududida suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman Kengashiga har yarim yillikda hisobot berish vazifalari yuklatilsin.
6. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Ulugʻnor tumani Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X.Xamidov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi AXMADJONOV MUXAMMADISLOMIDDIN MUXAMMADSOBIROVICH
Andijon viloyati, Ulugʻnor tumani,
2025-yil 5-may,
VII-5-39-1-26-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.