XALQ DEPUTATLARI URGUT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Urgut tumanida 2025-yillarda sugʻorish davri uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 27-martdagi 46-sonli xatini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Urgut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaror maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Raxmonovning Urgut tumanida 2025-yilda sugʻorish davri uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Urgut tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Raxmonovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi (G.Ablaqulova) hamda tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (Z.Amonov) zimmasiga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kengash raisi JABBOROV BOTIR SHUKUROVICH
Samarqand viloyati, Urgut tumani,
2025-yil 5-may,
VII-9-51-7-105-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.