XALQ DEPUTATLARI NAVOIY VILOYATI KENGASHINING
QARORI
Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 162, 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 429-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PF-6121-sonli Farmoni, viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 29-martdagi (20/26-18861-sonli) xati, Qiziltepa tumani hokimining 2025-yil 11-aprel kunidagi (01/54-sonli) xati viloyat soliq boshqarmasining 2025-yil 29-martdagi (20/26-18861-sonli) xati viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi S.Nazarovning Navoiy viloyati Qiziltepa tumani yuridik shaxslarni qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlari soliqlarni hisoblab chiqarish maqsadida qoʻllaniladigan koeffitsentlar toʻgʻrisidagi xalq deputatlari viloyat Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi VII-4-3-5-0-K/25-sonli qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirish toʻgʻrisidagi axboroti hamda bildirilgan fikr va mulohazalarini inobatga olib, xalq deputatlari viloyat Kengashi qaror qiladi:
1. Navoiy viloyati soliq boshqarmasining 2025-yil 29-martdagi 20/26-18861-sonli xati hamda viloyati soliq boshqarmasi boshligʻi S.Nazarovning axboroti hamda bildirgan takliflari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining 2025-yil 17-yanvardagi VII-4-3-5-0-K/25-sonli qarorning 1-ilovasida Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha 2025-yilda Navoiy viloyati uchun mutlaq miqdorda belgilangan yer soligʻining bazaviy soliq stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlari miqdori 5-bandi ilovaga muvofiq oʻzgartirilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari (R.Sulaymonov) va xalq deputatlari viloyat Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (N.Isoqov) zimmalariga yuklansin.
Kengash raisi ALIYEV GʻOFIR QUVATOVICH
Navoiy viloyati,
2025-yil 5-may,
VII-12-59-5-0-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.