XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING
QARORI
Shovot tumanihududidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom ijrosi yuzasidan hamda tuman hokimining 2024-yil 6-dekabrdagi 196-12-177-F/24-sonli farmoyishiga asosan, Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Xorazm viloyati Shovot tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlarining yakuniga koʻra tumandagi shaharchalar va qishloqlarining umumiy perimetri 566660,74 metr umumiy maydoni 45550,24 gektar ekanligi aniqlandi.
Jumladan:
Shovot shahrchasi umumiy perimetri 29182,01 metr, umumiy maydoni 831,46 gektar;
Ipakchi shaharchasi umumiy perimetri 7874,11 metr,umumiy maydoni 150,73 gektar;
Katqalʼa shaharchasi umumiy perimetri 16355,12 metr, umumiy maydoni 225,75 gektar;
Boʻyrachi shaharchasi umumiy perimetri 11899,85 metr,umumiy maydoni 185,62 gektar;
Monoq shahrchasi umumiy perimetri 12705,69 metr,umumiy maydoni 262,17 gektar;
Chigʻatoy shaharchasi umumiy perimetri 5808,86 metr,umumiy maydoni 99,63 gektar;
Qangli shaharchasi umumiy perimetri 11660,77 metr,umumiy maydoni 176,52 gektar;
Qangli qishlogʻi umumiy perimetri 35887,15 metr, umumiy maydoni 2885,27 gektar;
Oʻzbekiston qishlogʻi umumiy perimetri 36754,83 metr, umumiy maydoni 5219,36 gektar;
Choʻqli qishlogʻi umumiy perimetri 45713,67 metr,umumiy maydoni 2693,29 gektar;
Ijtimoiyat qishlogʻi umumiy perimetri 40247,37 metr, umumiy maydoni 3371,69 gektar;
Chigʻatoyqalʼa qishlogʻi umumiy perimetri 58154,65 metr, umumiy maydoni 8196,99 gektar;
Shovotqalʼa qishlogʻi umumiy perimetri 61294,09 metr,umumiy maydoni 3932,08 gektar;
Hurriyat qishlogʻi umumiy perimetri 44506,47 metr, umumiy maydoni 5951,38 gektar;
Qiyot qishlogʻi umumiy perimetri 40253,91 metr, umumiy maydoni 3473,23 gektar;
Beshmergan qishlogʻi umumiy perimetri 24297,37 metr, umumiy maydoni 1785,61 gektar;
Boʻyrachi qishlogʻi umumiy perimetri 54654,18 metr, umumiy maydoni 3109,21 gektar;
Katqalʻa qishlogʻi umumiy perimetri 29410,64 metr, umumiy maydoni 3000,25 gektar;
Shovot tumani maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilashda shaharcha va qishloqlar chegaralari ajratib koʻrsatilgan holda tavsiflandi. Chegaralar chizigʻining yozuvli matni tavsifida joyning tegishli topografik elementlari bilan bogʻlanib, chegara nuqtalari oʻrtasidagi masofasi va chegara chizigʻining qutb yoʻnalishlariaks ettirildi. Chegara chizigʻining burilish nuqtalari koordinatalari koʻrsatildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Davlat kadastrlar palatasining Shovot tumani filiali rahbarining axborotini tinglab, taqdim etilgan maʼlumotlar fikr va mulohazalarini hamda taklif va tavsiyalarini atroflicha oʻrganib chiqib, “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi Qonunning 10-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Davlat kadastrlari palatasining Shovot tumani filiali rahbari Z.Roʻzmetovning Shovot tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash toʻgʻrisidagi axboroti hamda Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Shovot tumanidagi shaharchalar va qishloqlarning chegaralarini belgilash boʻyicha bajarilgan ishlarning yakuniy natijalarini koʻrib chiqish yuzasidan tuman hokimligida tuzilgan ishchi guruh tarkibining 2025-yil 18-martdagi №-8316-sonli yigʻilish bayoni maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Shovot tumanidagi maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash ishlari yakuniy natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumot 1-ilovaga hamda maʼmuriy-hududiy birliklarning chegaralarini belgilash boʻyicha kartografik chizmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimligi matbuot xizmati (S.Yoʻldashev)ga mazkur qarorni tuman hokimligining rasmiy veb-saytida yoritilishini taʼminlasin.
4. Ushbu qarorning tasdigʻi Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashidan soʻralsin.
5. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash tuman hokimining barcha oʻrinbosarlari hamda qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari raislari zimmalariga yuklatilsin.
Sessiya raisi MASHARIPOV IZZAT MASHARIPOVICH
Xorazm viloyati, Shovot tumani,
2025-yil 5-may,
VII-10-60-12-177-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.