05.05.2025 yildagi VII-9-42-10-139-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI QIBRAY TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining Qibray tumanidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorning 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra 2025-yil sugʻorish davri uchun suv olish limitlarini hududlar va manbalar boʻyicha tasdiqlab berish muvofiq deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qibray tumaniga 2025-yil sugʻorish davri uchun 251,34 mln m³ suv (limit) ajratilgan. Shundan 124,5 mln m³ suv qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga, 126,83 mln m³ suv sanoat tarmoqlariga taqsimlangan. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorish uchun ajratilgan 124,5 mln m³ suv hududlar va manbalar kesimida qayta taqsimlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib Qibray tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025 yil 27-martdagi 82/11-84-sonli xatini inobatga olib, tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori U.Yuldashevning hisobotini tinglab “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 27-martdagi 82/11-84-sonli xati va tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining direktori U.Yuldashevning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qibray tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi tomonidan Qibray tumanida 2025-yil sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun hududlar kesimida suv olish limiti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qibray tumanida 2025 yil sugʻorish (vegetatsiya) davri uchun manbalar kesimida suv olish limiti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalari, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Kasimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi RASHIDOV MUZAFFAR ABROROVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Qibray tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-9-42-10-139-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.