XALQ DEPUTATLARI ISHTIXON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Ishtixon tumani boʻyicha 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun suv istemolchilariga oʻrnatiladigan cheklangan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qaroriga, Ishtixon tumani hokimining oʻrinbosari V.Tursunovning 2025-yil 12-apreldagi 55-sonli bildirgisiga, Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasining 2025-yil 19-martdagi 18-sonli xatiga, Ishtixon tumani Adliya boʻlimining 2025-yil 1-maydagi 5/3-25-sonli xulosasini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 8-sessiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori M.Shodiyevning Ishtixon tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan suv miqdorini (limit) tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ishtixon tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori (M.Shodiyev)ga;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan miqdor (limit) asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
4. Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari-matbuot kotibi (M.Tursunov), “Ishtixon ovozi” gazetasi muharriri (M.Rabbimova)larga Ishtixon tumani hududlaridagi suv isteʼmolchilarining 2025-yil vegetatsiya davrida ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit)ni ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (E.Abdusalomov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi KIYAMOV NURALI KUVANDIKOVICH
Samarqand viloyati, Ishtixon tumani,
2025-yil 5-may,
VII-8-91-7-95-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.