XALQ DEPUTATLARI HAZORASP TUMANI KENGASHINING
QARORI
Hazorasp tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumida suvdan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalari boʻyicha oʻrinbosari B.Yamgʻurovning axboroti atroflicha muhokama etilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlar boʻyicha 2025-yilning yozgi sugʻorish davri uchun cheklangan suv miqdori (limit) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B.Yamgʻurov), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori (S.Matqurbonov)ga: 5 kun muddatda: suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar boʻyicha ishlab chiqilgan suv olish limitlarini barcha suv isteʼmolchilariga yetkazsin; suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarning tuzilishini hamda ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlasin.
4. Hazorasp tumani suv yetkazib berish xizmatlari davlat muassasasiga (S.Matqurbonov) suvdan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlari va tushuntirish ishlari olib borish vazifasi yuklatilsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (B.Yamgʻurov) hamda xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, agrar, qurilish, kommunal xoʻjaligi masalalari va aholiga xizmat koʻrsatish hamda ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi (Sh.Qoʻchqorov) zimmalariga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Sessiya raisi KUTLIMURATOV YAKUBBOY
Xorazm viloyati, Xazorasp tumani,
2025-yil 5-may,
VII-13-67-12-174-K/25-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.
(ilova Xorazm viloyati Xalq deputatlari Xazorasp tumani kengashining 2026-yil 5-yanvardagi VII-26-2-12-174-K/26-sonli qarori tahririda)