TOSHKENT VILOYATI ZANGIOTA TUMANI HOKIMINING
QARORI
Zangiota tumanida maktab yoshidagi bolalarni oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish yuzasidan tumandagi umumtaʼlim muassasalarining mikrohududlarini belgilash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-, 211-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 27-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni belgilash maqsadida, qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining 2025-yil 29-apreldagi 02/1-521-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Tumanda maktab yoshidagi bolalarni oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohududlar) roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining oʻrinbosari S.Nasirov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi (I.Xolmirzayev) tumandagi umumtaʼlim muassasalar rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi yuklatilsin.
4. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
5. Tuman hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi D.Toshkenboyeva, “Istiqlol” gazetasi (D.Sharipova) ushbu qarorni tuman hokimligi rasmiy veb-saytiga joylashtirsin hamda “Istiqlol” gazetasida eʼlon qilsin.
6. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan tuman hokimining 2023-yil 20-sentabrdagi 201-10-138-Q/23-son bilan roʻyxatdan oʻtgan qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari S.Nasirov zimmasiga yuklansin.
Tuman hokimi E. RUSTAMOV
Toshkent viloyati, Zangiota tumani,
2025-yil 2-may,
113-10-138-Q/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.