02.05.2025 yildagi VII-12-47-7-93-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BULUNGʻUR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bulungʻur tumanida 2025-yil sugʻorish mavsumida cheklangan suv olish rejasining muhokamasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga koʻra, 2025-yil sugʻorish davri uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlab berish maqsadga muvofiq deb belgilanganligi, Bulungʻur tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Murotovning 2025-yil 28-martdagi 309-sonli xatini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq, oʻn ikkinchi sessiyasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bulungʻur tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori F.Murotovning 2025-yil 28-martdagi 309-sonli xati maʼlumot va asos uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman boʻyicha 2025-yil sugʻorish mavsumidagi cheklangan suv olish rejasi (limiti) fermer xoʻjaliklar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining oʻrinbosari (A.Rizayev), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (F.Murotov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorlariga asosan, 2024-yilda tumanda suv tejovchi texnologiyalardan keng foydalangan holda, jumladan, gʻalla maydonlarida, bogʻ-tokzorlarda tomchilatib sugʻorish, yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish evaziga, suvni iqtisod qilishga erishish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanda joriy yilda suv oʻlchash qurilmalarini oʻrnatib, suv resurslari hisobini aniqlik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilgan fermer xoʻjaliklari hisobidan iqtisod qilingan umumiy suv resurslarini birinchi navbatda aholi dala tomorqa va takroriy ekin yer maydonlariga yoʻnaltirilishini tizimli tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv tejovchi texnologiyalarni joriy qiluvchi qishloq xoʻjalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalariga subsidiya ajratish uchun tegishli tartibda qurilish ishlarini doimiy ravishda nazorat qilib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining oʻrinbosari (A.Rizayev), tuman suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi (F.Murotov)larga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qaroriga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2023-yil 29-noyabr kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 45-bayoni 9-bandiga asosan suv resurslari kamayganligi inobatga olib klaster va fermer xoʻjaliklari suvini isrof qilmaslik uchun ariqlarni betonlash ishlarini nazoratga olish vazifalari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tegishli mansabdor shaxslar tomonidan har oy yakunida xalq deputatlari tuman Kengashiga yozma axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilishni, xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X.Bozorov hamda tuman hokimining oʻrinbosari A.Rizayev zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi SHOKIROV ALIJON OLIMJONOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-12-47-7-93-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.