02.05.2025 yildagi VII-5-36-1-27-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XOʻJAOBOD TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjaobod tumani boʻyicha 2025-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining 7-bandiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xoʻja1igi boshqarmalari har yili 1-aprelga qadar vegetatsiya davri va 1-oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Norin-Qoradairyo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Xoʻjaobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi tomonidan Xoʻjaobod tuman SEBX DM boʻyicha 2025-yil aprel-sentyabr oylari uchun ajratilgan cheklangan (limit) suv miqdori limitlari ishlab chiqilib, taqdim etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgrisida»gi Qonunining 6-, 19-, 24-moddalariga 6-, 19, 24-moddalarigaasosan Xalq deputatlari Xoʻjaobod tumani Kengashi qaror qiladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Xoʻjaobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori M.Xasanovning 2025-yil 27-martdagi №01/08-185-sonli xati hamda tuman Kengashining “Agrar, suv hoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha” doimiy komissiyaning 2025-yil 15-apreldagi DKQ 03-04/16-25-sonli qarori maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.Xoʻjaobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) suv miqdori limitlarini 1-2-ilovalarga muvofiq tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Xoʻjaobod tumani «Suv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi direktori hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanga suv yetkazib berısh bo'yicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻg'risida”gi PQ-5-sonli qaror talabi asosida amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror mazmun mohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer hamda dehqon xoʻjaliklari, MCHJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilovalarda koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarordan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yilda Кеngashga axborot kiritish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5.Ushbu Qaror ijro etilishini nazorat qilish xalq deputatlari Xoʼjaobod tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X.Ahmedov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BOZORBOYEV JAMSHID RAFIQJON OʻGʻLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 2-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-5-36-1-27-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.