XALQ DEPUTATLARI JARQOʻRGʻON TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi taʼminlash maqsadida Jarqoʻrgʻon tumanida vegetatsiya davrida qishloq xoʻjalik ekinlarini soʻgʻorish uchun suv olish limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori Jarqoʻrgʻon tumanida vegetatsiya davri uchun qishloq xoʻjalik ekinlarini soʻgʻorish uchun suv olish limitini belgilash haqidagi Amu Surxon Irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi Jarqoʻrgʻon tumani suv yetkazib berish xizmati davlat muassasining 2025-yil vegetatsiya davri uchun suv limitini xalq deputatlari tuman Kengashiga muhokama qilish uchun bergan №01-07/56sonli xati xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (A.Xamrayev) yigʻilishida koʻrib chiqilib Kengashning sessiyasi kun tartibiga kiritilib muhokama qilindi, sessiyada deputatlar tomonidan bildirilgan fikr, mulohazalar va takliflarni inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanga 2025-yil vegetatsiya davrida may-oktabr oylari uchun 279.9 mln m3 suv isteʼmolchilar kesimida hisob kitob qilinganligi haqidagi tuman “Suv yetkazib berish xizmati” boʻlimi direktori K.Berdimurodovning xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyasidagi hisoboti va №01-07/56 sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Jarqoʻrgʻon tuman “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori K.Berdimurodovning Jarqoʻrgʻon tumani boʻyicha 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-3 - ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Jarqoʻrgʻon tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari(M.Boboyorov), tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM boʻlimi (K.Berdimurodov)larga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosi yuzasidan 2025 yilning Aprel-oktabr oylari uchun 279.9 mln m3 suv isteʼmolchilar kesimida belgilangan limitdan foydalanishni qattiq nazoratga olish, vazifalarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish topshirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni davom ettirish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
yuqorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan har chorak yakuni bilan xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashiga yozma ravishda axborot kiritib borsin.
4. Tuman hokimligi matbuot xizmati (D.Choriyeva)ga:
sohada amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mahalliy, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining oʻrinbosari (M.Boboyorov), amalga oshirilishini nazorat qilish xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tumani Kengashining “Agrar, suv xоʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya”si raisi (N.Shomurodov) zimmasiga yuklatilsin.
6. Ushbu qaror qabul qilingan kundan kuchga kiradi
Kengash raisi AVAZOV ELMUROD ROʻZIMURODOVICH
Surxondaryo viloyati, Jarqoʻrgʻon tumani,
2025-yil 2-may,
VII-7-60-8-112-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.