XALQ DEPUTATLARI YAKKABOGʼ TUMANI KENGASHINING
QARORI
Yakkabogʼ tumanidagi 5 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlash toʻgʻrisida
Yakkabog` tumandagi 5 ta geografik obyektni nomlash bo`yicha taklifni, O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi komissiyasi tomonidan Geografik obyektlarni nomlash boʼyicha taqdim etilgan takliflar Respublika toponimika boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda oʼrganib chiqilib, Komissiya tomonidan tegishli qaror qabul qilingan. Bu haqida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 27-martdagi 03/08-3097-sonli xati bilan qonunga muvofiq deb topilgan va ma`qullangan hamda Yakkabogʼ tuman holimligining xatini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalarigaasosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Yakkabogʼ tumanidagi 5 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlash toʻgʻrisida O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 27-martdagi 03/08-3097-sonli xatiga asosan viloyat komissiyasi tomonidan maʼqullanganligi inobatga olinsin.
2. Yakkabogʼ tumanidagi 5 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlash ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (D.Xushvaqtova) mazkur sessiya qarori bilan tasdiqlangan geografik obyektlarning nomlarini 10 kun muddatda davlat reyestriga kiritish uchun zaruriy ishlarni amalga oshirishni taʼminlasin.
4. Davlat kadastrlar palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabog` tuman filiali boshlig`i (Z.Safarov)ga geografik obyektlarning nomlari boʻyicha elektron bazasiga ushbu qarorga muvofiq belgilangan tartibda tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
5. Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasi Yakkabogʻ tuman bo`limi boshlig`i (S.Avlayev), Yakkabogʼ tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi boʼlimi boshligʼi (A.Berdiqobilov) hamda MFY raislari bilan birgalikda tumanidagi 5 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlari yozilgan zamonaviy va milliy dizayn asosida peshlavhalar oʻrnatilishini taʼminlash va boshqa vakolat doirasidagi zaruriy ishlarni amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman ichki ishlar bo`limi tumanidagi 5 ta geografik obyekt (qabriston)ni nomlarini zaruratga koʼra inobatga olsin.
7. Ushbu qarorning ijrosini taʼminlash tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.Beknayevga, nazorati Xalq deputatlari tuman Kengashining mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Juraev zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi ABDULAYEV LUTFIDIN DJURAYEVICH
Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumani,
2025-yil 1-may,
VII-8-58-4-68-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.