XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
QARORI
Tumandagi “Tillokamar” mahalla fuqarolar yigʻini nomini oʻzgartirish toʻgʻrisida
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 4-martdagi “Shaharlar, posyolkalar, qishloqlar va ovullarning mahallalarini tuzish, birlashtirish, boʻlish va tugatish, shuningdek, ularning chegaralarini belgilash va oʻzgartirish, ularga nom berish va ularning nomini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 48-sonli qarori, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 06-01/14-sonli Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 6-martdagi 07-18/1903-sonli yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2025-yil 17-martdagi 03/08-2665-sonli ekspertiza xulosasini inobatga olib, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 06-01/14-sonli Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha viloyat komissiyasining 2025-yil 6-martdagi 07-18/1903-sonli yigʻilish bayoni hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligining 2025-yil 17-martdagi 03/08-2665-sonli ekspertiza xulosasi maʼqullansin.
2. Tumandagi “Tillokamar” mahalla fuqarolar yigʻini nomini oʻzgartirish boʻyicha taklif ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman statistikasi boʻlimi (A.Saidov) kadastrlar palatasi tuman filiali (M.Joʻrayev) va boshqa tegishli mutasaddi davlat organlari bilan birgalikda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (F.Murtazoyev) mazkur qaror bilan nomi oʻzgargan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida yashovchi aholining fuqarolik pasport manzillariga, mazkur hudud aks ettirilgan yoʻl belgilariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.
5. Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi (Z.Rahmonov), tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi (M.Mirzayev)ga nomi oʻzgargan mahalla fuqarolar yigʻiniga yangi nomi yozilgan koʻrsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida oʻrnatish topshirilsin.
6. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi axborot xizmati (Y.Xoliyorov), “Boysun” gazetasi tahririyati (D.Oripov) bilan birgalikda mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (F.Q.Bobomurodov) va Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi boshligʻi Z.Raxmonovlar zimmasiga yuklansin.
8. Ushbu qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sessiya raisi XAITOV BEKMUROT KARIMOVICH
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
2025-yil 1-may,
VII-8-51-8-110-K/25-son
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.