01.05.2025 yildagi VII-8-50-8-110-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI BOYSUN TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida Boysun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning taklifini tinglab muhokama qilib hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli Qarori hamda Boysun tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning hisoboti hamda 2025-yil 27-martdagi 01-20/214-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Boysun tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yil vegetatsiya davri uchun ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdori toʻgʻrisidagi Boysun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning taklifi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boysun tumani Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevning taklifiga asosan, tumanidagi fermer xoʻjaliklari va boshqa suv isteʼmolchilarga 2025-yilning vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun iqtisodiyot tarmoqlariga ajratilgan cheklangan suv miqdori (limit) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun suv manbalaridan olinadigan cheklangan suv miqdori (limit) 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun manbalarda oʻrnatilgan cheklangan suv miqdori (limit) 3-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yilning vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun sugʻorish va sanoat ehtiyojlari boʻyicha cheklangan suv taqsimot jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi S.Choriyev hamda tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori E.Qulmirzayevlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan suv olish limitlari doirasida irrigatsiya tizimi tuman suv yetkazib berish xizmati alohida ahamiyatga ega boʻlgan suv obyektlarining suv manbalari, iqtisodiyot tarmoqlari va har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilar kesimida ularning suvga boʻlgan talablari asosida belgilangan suv olish limitlarini tasdiqlab, har bir suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga yetkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv isteʼmolchilari bilan ularga ajratilgan suv olish limitlari doirasida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomalarni “SUVHISOBI.uz” elektron sayti orqali tuzilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnomani tuzishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish (aholi tomorqa yerlari bundan mustasno) vositalari bilan jihozlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv olish limitlari asosida suvdan foydalanish yoki suv isteʼmolining tasdiqlangan rejasi (kommunal-maishiy suv taʼminotidagi fuqarolar bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning boʻlishi majburiy talab hisoblanishi eʼtiborga olinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv resurslarini samarali boshqarish maqsadida barcha suv olish nuqtalaridagi gidropostlarning mavjudligi va sifatli taʼmirlanganligini koʻrib chiqib, mavjud kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etsin hamda har bir suv olish inshootlari jihozlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvni samarali boshqarish va ulardan maqsadli hamda tejamli foydalanish boʻyicha oʻquv seminar va tushuintirish ishlarini olib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir suv olish inshooti, nasos stansiyasi boʻyicha suvning ikki (uch) tomonlama kundalik hisob jurnali, hisobi va hisobotini belgilangan tartibda olib borishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi S.Choriyev, tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasa direktori E.Qulmirzayev bilan hamkorlikda suvdan maqsadli va samarali foydalanish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi joylarda suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha monitoring olib borilishini hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish va suv yetishmovchiligining oldini olish boʻyicha masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimligi axborot xizmati (Y.Xoliyorov), “Boysun” gazetasi tahririyati (D.Oripov) bilan birgalikda mazkur qarorning “Boysun” gazetasida rasman eʼlon qilinishi hamda hokimlik veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qarorning bajarilishini taʼminlash vazifasi tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari - qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi S.Choriyev va qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi F.Tursunqulovlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sessiya raisi XAITOV BEKMUROT KARIMOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Boysun tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 1-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-8-50-8-110-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.