XALQ DEPUTATLARI XONQA TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-sonli Farmoniga 2b-ilova 13-bandi ijrosi yuzasidan Xonqa tumanida “Yashil bogʻ” barpo etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi “Respublikada koʻkalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-46-sonli Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish borasida belgilangan vazifalarni 2025-yilda samarali tashkil etish hamda joriy yil bahor va kuz mavsumlarida koʻkalamzorlashtirish, manzarali, mevali daraxt va buta koʻchatlari hamda qalamchalarini ekish tadbirlarini tizimli va uyushqoqlik bilan tashkil etish” toʻgʻrisidagi 145-F-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xorazm Viloyat hokimligining 2025-yil 15-martdagi 78-12-0-F/25-sonli farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.v.b D.Abdullayevning Xonqa tumani Obod mahallasi hududidan 1 gektar yer maydonida “Yashil bogʼlar”ni barpo etish toʻgʻrisidagi taklifi koʻrib chiqilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari Xonqa tumani Kengashi qaror qiladi:
1. Tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari v.v.b D.Abdullayevning tuman zahirasida boʻlgan 1 gektar yer maydonida “Yashil bogʻ barpo etish toʻgʻrisidagi” taklifi maʼqullansin.
2. Tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b D.Abdullayevning Xonqa tumani, Obod mahallasi hududidan 1 gektar yer maydonida “Yashil bogʻ” barpo etish uchun yer maydoni ajratish masalasi viloyat hokimligidan soʻralsin.
3. Tuman hokimi oʻrinbosari v.v.b D.Abdullayevning hamda tuman ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi K.Roʼzmetovlarga qonunda belgilangan tartibda loyiha ishlab chiqilgandan keyin barpo etilgan “Yashil bogʻ” hududidagi oʻsimliklar parvarish qilinishini qatʼiy nazorat qilish, yetishtirilayotgan har bir daraxtni shikastlantirish va nobud qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda mazkur yoʻnalishda jamoatchilik nazoratini oʻrnatish vazifalari yuklatilsin.
4. “Yashil bogʻ” barpo etish, saqlash, rivojlantirish tadbirlarini moliyalashtirish mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, homiylik va grant mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar (tashabbuskor jismoniy va yuridik shaxslar) hisobidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorati qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Q.Qurbonboyev zimmasiga yuklansin.
Sessiya raisi ABDIRAMANOV XAJIBAY ROʻZIYEVICH
Xorazm viloyati, Xonqa tumani,
2025-yil 30-aprel,
VII-14-48-12-175-K/25-son