XALQ DEPUTATLARI MIRZACHOʻL TUMANI KENGASHINING
QARORI
Mirzachoʻl tumani ichki xoʻjalik avtomobil yoʻllari va markaziy koʻchalarida fuqarolar va transport vositalari harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl transporti hodisalarini oldini olish maqsadida, piyodalar oʻtish joyi, yoʻl belgilari, va sunʼiy notekisliklar oʻrnatish toʻgʻrisida
“Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11 iyuldagi “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3127-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi bilan tasdiqlangan “Yoʻl harakati qoidalari” toʻgʻrisidagi 172-son qarorlari ijrosini hamda tumanda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6, 25-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Mirzachoʻl tumani ichki ishlar boʻlimining 2025 yil 20 martda 40/313-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mirzachoʻl tumani D 061 “Zafarobod-Gagarin” avtomobil yoʻlining 84-85 kmlar oraligʻi D 047 “Jizzax.sh- Paxtakor.sh – Doʻstlik.sh – Gagarin.sh – M 39 avtomobil yoʻlining (82 km)”ga, 25 V 031 “Gagarin.sh-Qozogʻiston” avtomobil yoʻlining 2-3 km oraligʻiga, 25 V 002 “Doʻstlik-Gagarin” avtomobil yoʻlining 25-26 oraligʻi hududlariga hamda Mustaqillik MFY Gagarin koʻchasida joylashgan 18-sonli, 20-sonli maktablarga olib boruvchi, Gagarin koʻchasiga, Gʻalaba MFY Taraqqiyot koʻchasiga, Doʻstlik MFY, Oʻzbekiston koʻchalariga, sunʼiy notekislik oʻrnatilsin.
3. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yoʻl belgilari hamda svetafor ishoralari, yoʻl chiziqlariga amal qilishlari, shuningdek berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
4. Tuman IIB boshligʻi podpolkovnik (J.M.Sherqulov) mazkur yoʻl belgilari oʻrnatilishi hamda tuman hududida transport vositalari harakati tartibga solinishi nazorat qilib borsin.
5. Ushbu qaror “Mirzachoʻl ovozi” gazetasida chop etilsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, qurilish, kommunal soxalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi J.Axmedov hamda tuman hokimining oʻrinbosari B.Bababekovlar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. K. MIRZAKULOV
Jizzax viloyati, Mirzachoʻl tumani,
2025-yil 30-aprel,
VII-8-51-3-51-K/25-son