29.04.2025 yildagi 106-11-163-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FARGʻONA VILOYATI FARGʻONA TUMANI HOKIMINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI

Fargʻona tumanida 2025-yil uchun qabristonlarda dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar miqdorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2011-yil 4-apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddasiga asosan, qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fargʻona tumanidagi qabristonlarda dafn etish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha tariflar miqdori ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman hokimi oʻrinbosari (M.Qodirxonov), Obodonlashtirish boshqarmasi (T.Isaqov)larga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda qabristonlarni zarur darajada saqlash va obodonlashtirish hamda hasharlar, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanitariya qoidalari va meʼyorlariga qatʼiyan rioya etgan holda qabristonlarni ochish va yopishda qonuniylik taʼminlasin, qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi ajratishni “Yer toʻgʻrisida”gi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi (T.Isaqov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar uchun qatʼiyan belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabristonlarda byustlar, haykaltaroshlik yodgorliklari yoki alohida arxitektura shakliga ega boʻlgan inshootlarni oʻrnatish, obyektlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.Belgilansinki, mazkur qaror “Vodil yogʻdusi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin hamda tuman hokimligining veb-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M.Qodirxonov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona tuman hokimi INOMOV XAMIDULLO. TADJIYEVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona viloyati, Fargʻona tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-11-163-Q/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovasi bilan PDF shaklida tanishish mumkin.