QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI HOKIMINING
QARORI
Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 12-apreldagi “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi “Respublika limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi 198-son qaror ijrosi haqida”gi 166-4-0-Q/25-sonli qarori toʼgʼrisida
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi “Respublika limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi 198-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6-, 211-moddalariga asosan qaror qilaman:
1.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi “Respublika limonchilik sohasini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari to'g'risida” gi 198-son qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori bilan:
1. bandiga ko'ra, quyidagilar,
Respublika hududlarida limon yetishtirishni tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga;
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarga “Turonbank” ATB tomonidan limon koʻchatlari yetkazib berish koʻrsatkichlari 2-ilovaga;
2025-2026-yillarda limon yetishtirishga ixtisoslashgan mahallalarda limonzorlarni kengaytirish koʻrsatkichlari 3-ilovaga;
2025-2026-yillarda Respublikada limon yetishtirish va eksportga yoʻnaltirishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi;
2. bandiga koʻra, Oʻzbekistan Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Markaziy bank va “Turonbank” ATB tomonidan:
lider tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash, ularga xorijiy tajribalami oʻrgatish, zarur hollarda xorijda tajriba orttirish va xalqaro darajada tan olingan sertifikatlar olish uchun xar yili 5 mlrd. soʻm mablagʻ ajratishi;
limon yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarda aholi xonadonlarida va ijaraga berilgan yer maydonlarida ixcham issiqxonalar qurib berish hamda 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotishi;
xorijiy davlatlardan limon mevasidan murabbo, jem va limonad ishlab chiqarish uskunalarini olib kelish, oʻrnatish hamda tadbirkorlarga lizing asosida berishni yoʻlga qoʻyishi;
amaldagi kreditlar va foiz qarzdorliklarini qayta moliyalashtirish orqali limonchilik xoʻjaliklari faoliyatini imtiyozli shartlarda sogʻlomlashtirishi;
“Turonbank” ATB boshqaruvi raisining oʻrinbosariga qoʻshimcha Sitrus, subtropik va tropik oʻsimlik yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisi lavozimini yuklashi;
Oʻzbekistan Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda limonchilik rivojlangan xorijiy davlatlardan kamida ikki nafar malakali agronom, maslahatchi va ekspertlarni jalb qilish boʻyicha takliflariga rozilik berilganligi;
bunda limon yetishtirish uchun xorijdan malakali agronom va mutaxassislarni jalb qilish xarajatlari “Turonbank” ATBning mablagʻlari hisobidan hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari asosida qoplab berilishi;
3. Viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Qarshi bank xizmatlari markazi rahbari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi va tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda:
limon yetishtirishni yanada koʻpaytirish maqsadida, tumandagi limon yetishtirishga ixtisoslashmagan mahallalarda yangi limonzorlar barpo etish;
tumanda limonchilik kooperatsiyasini tashkil etish hamda limon yetishtirishga koʻmaklashish uchun “Lider tadbirkorlar”ni biriktirish;
Shahrisabz tumanidagi bittadan mahallani ilmiy asoslangan yondashuv asosida limon koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashtirish hamda ushbu tumanda sifatli limon koʻchati yetishtirishni yoʻlga qoʻyishi;
yetishtirilgan limonni saqlash uchun aholi xonadonlarida energiya tejaydigan (an'anaviy usullarni qoʻllash va quyosh panellarini oʻrnatish) omborxonalarni qurish choralarini koʻrsin.
4. Viloyat kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi, viloyat qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, “Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Qarshi bank xizmatlari markazi rahbari va tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda limon yetishtirish va eksportni rivojlantirish boʻyicha loyihalar sonini koʻpaytirish maqsadida tuman (shahar)larda koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinishi;
- limon yetishtiruvchilar hamda ularning ishchi-xodimlari, dehqon xoʻjaligi rahbarlari, shuningdek, tomorqa yer egalarining malakasini oshirishni tizimli tashkil etish chorasini koʻrsin.
5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o'rinbosari H.Nazarov zimmasiga yuklatilsin.
Koson tuman hokimi A. BOYKARAEV
Qashqadaryo viloyati, Koson tumani,
2025-yil 29-aprel,
131-4-60-Q/25-son