XALQ DEPUTATLARI BULOQBOSHI TUMANI KENGASHINING
QARORI
Buloqboshi tumani boʻyicha 2025-yil uchun qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishga ajratilgan cheklangan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvar kungi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy Davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24- moddalariga asosan Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resusrlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resusrlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin
2. Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi qoshidagi Buloqboshi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan cheklangan (limit) 2025-yil suv miqdori limitlari 1-2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Norin-Qoradaryo irrigatsiya tizimlari xavza boshqarmasi qoshidagi Buloqboshi tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda:
tumanga suv yetkazib berish boʻyicha ishlab chiqilgan limitlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resusrlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resusrlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5-sonli qarori talabi asosida amalga oshirish;
qaror mazmun-mohiyatini massivlar hamda ular tarkibidagi fermer va dehqon xoʻjaliklari, MCHJ, korxona va tashkilotlarga yetkazish;
ilovalarda koʻrsatilgan limitlarni oʻz vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish;
qarordan kelib chiqadigan boshqa vazifalarni amalga oshirish;
amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida har yarim yillikda Xalq deputatlari Buloqboshi tuman Kengashiga axborot kiritish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari (A. Temirov) hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi (A. Nurmatov) zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi F. BOʻTAXONOV
Buloqboshi tumani,
2025-yil 29-aprel,
VII-7-38-1-20-K/25-son