XALQ DEPUTATLARI QOʻQON SHAHAR KENGASHINING
QARORI
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qoʻqon shahridagi 193 ta geografik obyektlar (koʻcha, tor koʻcha, berk koʻcha)ni nomlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida
“Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik obektlarning nomlarini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 295-sonli qaroriga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Ekspert komissiyasining 2025-yil 27-fevraldagi 05-19-3138-son bayoniga koʻra, Qoʻqon shahar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining 193 ta geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha bergan takliflaridan 170 tasi qonun hujjatlari talablariga “muvofiq” deb topilib, belgilangan tartibda ijobiy xulosalar olindi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga asosan, xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashi qaror qiladi:
1. “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi 295-son qaroriga muvofiq Qoʻqon shahar Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha komissiyasining amalga oshirilgan ishlari toʻgʻrisidagi Qoʻqon shahar hokimining davlat tili boʻyicha maslahatchisi D. Alimovaning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoʻqon shahar komissiyasi tomonidan geografik obyektlarni qayta nomlash boʻyicha taqdim etilgan hamda qonun talablariga “muvofiq” deb topilgan geografik obyekt (koʻcha) nomlari 1-ilovaga asosan tasdiqlansin, shuningdek, belgilangan tartibda davlat reyestr bazasiga kiritish uchun taqdim etilsin.
3. Qoʻqon shahar hokimligi Axborot xizmati (U. Norboyev), “Qoʻqon sadosi” gazetasi bosh muharriri (A. Mirsaidov) ushbu qarorni keng ommaga yetkazish tavsiya etilsin.
4. Belgilansinki, ushbu qaror ommaviy axborot vositalarida rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
5. Mazkur qaror bajarilishiga shahar hokimining oʻrinbosari A. Sulaymonov, Kadastrlar palatasi Qoʻqon shahar filiali rahbari B. Erkabayevlar shaxsan masʼul ekanligi belgilab qoʻyilsin.
6. Ushbu qaror bajarilishining nazorati Xalq deputatlari Qoʻqon shahar Kengashining Taʼlim, sogʻlikni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya boʻyicha doimiy komissiya raisi Oʻ. Tojiyeva hamda Qoʻqon shahar hokimining maslahatchisi D. Alimovalar zimmasiga yuklansin.
Kengash raisi M. USMONOV
Qoʻqon shahri,
2025-yil 29-aprel,
VII-7-41-11-166-K/25-son