29.04.2025 yildagi VII-10-36-10-137-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son qarorining Boʻka tumanida ijrosini taʼminlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarorining 7-bandida 1-aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1-oktabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini hududlar boʻyicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumanida 2025-yilning yozgi sugʻorish mavsumida sugʻorish ishlari amalga oshiriladigan yer maydonlari boʻyicha ekin turlarining joylashuvi quyidagicha taqsimlangan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Y.Hojimetov hududi maydoni 1921.8 ga, fermer va suv isteʼmolchilari soni 59 ta; Jambul hududi maydoni 1079.8 ga, fermer va suv isteʼmolchilari soni 14 ta; Do'stlik hududi maydoni 1469.8 ga, fermer va suv isteʼmolchilari soni 11 ta Turkiston hududi maydoni 1702.3 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 35 ta; Parkent hududi maydoni 1359.0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 10 ta; B.Umarov hududi maydoni 732.4 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 13 ta; T.Rajabov hududi maydoni 691.4 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 15 ta; Qashqadaryo hududi maydoni 961.6 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 25 ta O.Yoʻldoshev hududi maydoni 1371.9 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 20 ta; Xoʻjaqo'rg'on hududi maydoni 1468.9 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 25 ta; S.Saymaqov hududi maydoni 820.4 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 10 ta; M.Ulug'bek hududi maydoni 1427.9 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 46 ta; M.O'zbekiston hududi maydoni 2142.6 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 41ta; Rovot hududi maydoni 1423.7 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 29 ta; G'.Azamatov hududi maydoni 1458.5 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 37 ta; Achamayli hududi maydoni 1489.1 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 42 ta; A.Navoiy hududi maydoni 842.7 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 18 ta; Baxmal hududi maydoni 1442.0 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 26 ta; Boʻston hududi maydoni 3782.7 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 86 ta; Boʻka hududi maydoni 2996.5 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 31 ta; Koʻkorol hududi maydoni 2931.6 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 68 ta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guliston hududi maydoni 1345.4 ga, fermer va suv isteʼmolchilar soni 22 ta; Dehqon xoʼjaliklari jami maydoni 2201.3 ga, soni 7 208 ta. Jami sugʻoriladigan ekin maydoni 46418.3 ga, jami fermerlar va suv isteʼmolchilar soni 7 252 tani tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻka tumani boʻyicha 2025-yilning sugʻorish mavsumiga talab etiladigan suv miqdori 596.0 mln.m3 ni tashkil etadi. “Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boʻyicha 2025-yil sugʻorish mavsumi uchun ajratilgan suv olish limiti Boʻka tumani uchun jami 214.0 mln.m3, shu jumladan sugʻorishga (qishloq xoʻjaligi) 206.6 mln m3, baliqchilikka 6.4 mln.m3, kommunal xoʻjaliklariga 7.4 mln.m3 miqdorida taqsimlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Boʻka tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori N.Dusanovning hisobotini tinglab, Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining 2025-yil 08-apreldagi 03-04-DKB/24-sonli bayonini inobatga olib, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-son Qarori ijrosi yuzasidan Boʻka tumani “Suv yetkazib berish xizmati” Davlat muassasasi direktori N.Dusanovning hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vegetatsiya davri uchun yakuniy isteʼmolchilar kesimida 2025-yil uchun tumanda ekinlarni sugʻorish uchun ajratilgan suv olish limitlari toʼgʼrisidagi taklifi 1-2-3-4- ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” DM (N.Dusanov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga hisobotlarni oʻz vaqtida berib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash Boʻka tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari-tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi U.Alimovga, qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Amirov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi BEGMATOV BAXTIYOR PAXRIDDINOVICH
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati, Boʻka tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 29-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-10-36-10-137-K/25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatni ilovalari bilan PDF shaklida tanishish mumkin.