XALQ DEPUTATLARI KITOB TUMANI KENGASHINING
QARORI
Kitob tumani boʻyicha 2025-yil davomida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y.Isroilovning Kitob tumani boʻyicha 2025-yil davomida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifini inobatga olib Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-, 24-moddalariga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y.Isroilovning Kitob tumani boʻyicha 2025-yil davomida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limitini tasdiqlash toʻgʻrisidagi taklifi inobatga olinsin va ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori Y.Isroilovga:
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga bir yilda ikki marta hisobot berish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi A.Omonov hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari H.Malikovlar zimmalariga yuklansin.
5. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Xalq deputatlari Kitob tumani Kengashi raisi R. GʻAFUROV
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani,
2025-yil 28-aprel,
VII-7-41-4-62-K/25-son