28.04.2025 yildagi VII-11-68-3-49-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumandagi ayrim koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi “Geografik obʼyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obʼyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obʼyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori talablari asosida Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining va mahalla fuqarolar yigʻinlarining ilovada nomlari keltirilgan 310 ta koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 4-martdagi 04/08-2194-sonli xati, 2025-yil 3-martdagi 05-19-3294-sonli ekspertiza xulosasi, shuningdek, “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq, xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining va mahalla fuqarolar yigʻinlarining ilovada nomlari keltirilgan 310 ta koʻchalarninomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2025-yil 4-martdagi 04/08-2194-sonli xati, 2025-yil 3-martdagi 05-19-3294-sonli ekspertiza xulosasi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasining va mahalla fuqarolar yigʻinlarining ilovada nomlari keltirilgan 310 ta koʻchalarni nomlash va qayta nomlash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Mahallalari uyushmasi tuman boʻlimi (T. Qodirov), tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi (B. Mamarasulov), tuman Statistika boʻlimi (Gʻ. Turdiboyev), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman boʻlimi (R. Kushbakov), tuman Qurilish va uy-joy kommunal boʻlimi (N. Yaxshilikov) davlat organlari va tashkilotlari bilan birgalikda mazkur qarorga muvofiq tumandagi nomlangan va qayta nomlangan koʻchalar nomlarini belgilangan tartibda statistika hisobotlarida aks ettirish va ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish choralarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman Ichki ishlar boʻlimi (E. Axmedov) nomlangan va qayta nomlangan koʻchalarga aholini roʻyxatga qoʻyish hamda tegishli yoʻl belgilariga oʻzgartirishlar kiritish bilan bogʻliq tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman boʻlimi (R. Kushbakov), tuman Qurilish va uy-joy kommunal boʻlimi (N. Yaxshilikov)lar birgalikda nomlangan va qayta nomlangan koʻchalarga belgilangan tartibda zamonaviy dizayn asosidagi peshlavhalar va koʻrsatkich belgilar oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi (Oʻ. Sulaymanov), Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman boʻlimi (R. Kushbakov)lar nomlari tasdiqlangan aholi punktlarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davlat reyestri bazasiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (Oʻ. Sulaymanov), “Zarbdor” gazetasi tahririyati (Gʻ. Xamzayev)larga ushbu qaror mazmun mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (T. Qodirov) va Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (M. Isroilova), tuman hokimining birinchi oʻrinbosari (Q. Nurmatov), tuman hokimining oʻrinbosarlari (A. Erjigitov, R. Anqayev) hamda tuman hokimining maslahatchisi (Oʻ. Sulaymanov)lar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi B. TASHPULATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarbdor tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-11-68-3-49-K/25-son