XALQ DEPUTATLARI ZARBDOR TUMANI KENGASHINING
QARORI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Jizzax viloyati Xalq deputatlari Zarbdor tumani kengashining 2026 yil 30 yanvardagi VII-21-9-3-49-K/26-sonli “Zarbdor tumanida 2025-yil vegetatsiya davri uchun belgilangan yakuniy isteʼmolchilar kesimida ekinlarni sugʻorish uchun suv olish limitlarini qayta koʼrib chiqish va tasdiqlash toʼgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga muvofiq xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori ijro uchun qabul qilinsin.
2. Zarbdor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori B. Raxmatovning Zarbdor tumani boʻyicha 2025-yil 1-apreldan 2025-yil 30-sentabrga qadar vegetatsiya davrida sugʻorish ishlari uchun ajratilgan suv limiti toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin va 1-2-3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Zarbdor tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori B. Raxmatovga:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5-sonli qarori asosida ishlarni tashkil etish;
belgilangan limitlar asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berish;
oʻziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishini raqamlashtirish;
isteʼmolchilar kesimida isteʼmol qilingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etib borish;
suv isteʼmolchilarining buyurtmasi asosida boshqa suv xoʻjaligi xizmatlarini koʻrsatish;
amalga oshirilgan ishlar yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashiga har chorak yakuni bilan hisobotlarni taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
4. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 2025-yil 27-martdagi VII-10-51-3-49-K/25-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining Agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S. Xadjikulov) hamda tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari T. Djurayevlar zimmasiga yuklatilsin.
Kengash raisi B. TASHPULATOV
Zarbdor tumani,
2025-yil 28-aprel,
VII-11-69-3-49-K/25-son