28.04.2025 yildagi VII-7-50-5-77-K/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQ DEPUTATLARI XATIRCHI TUMANI KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosi to'g'risida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo'g'inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-5-sonli qarorining ijrosini ta'minlash, suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali aholi ongida shakllangan “suv — tekin” tushunchasidan voz kechish hamda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini kengaytirilgan tartibda joriy etishni tashkillashtirish maqsadidaQoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari hamda hududiy qishloq xo'jaligi boshqarmalari har yili 1 aprelga qadar vegetatsiya davri uchun va 1 oktabrga qadar kuzqish davri uchun yakuniy iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlarini hududlar bo'yicha tasdiqlangan limit doirasida ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman Kengashlariga kiritilishi belgilanganligi bo'yicha tartibga ko'ra taqdim etilgan ma'lumotlarni xalq deputatlari tuman Kengashining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasi yig'ilishi muhokamasida bildirilgan takliflarni e'tiborga olib, O'zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida”gi Qonunining 6- va 24-moddalariga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-sonli qarori rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori bilan O'zbekiston Respublikasining “Soliq va budjet siyosatining 2024-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonunining 4-moddasi 38-bandiga asosan qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish va baliqlarni yetishtirish (o' stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shujumladan dehqon xo'jaliklari va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga ega bo'lgan jismoniy shaxslar uchun suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 1 kub metr suv uchun 100 so'm etib belgilanganligi ma'lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Xatirchi tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan joriy yil vegetatsiya davri uchun tuman chegarasidan olinadigan 248,5 mln.m3 suv olish limitlarini, kanallardagi suv yo'qotishlarni inobatga olib 20 foizga kamytirgan holatda 493 ta iste'molchilar kesimida ekinlarni sug'orish uchun suv olish limitlari hududlar kesimida ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Xatirchi tumani “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi (B. Gʼiyosiddinov) tegishlicha “Quyi Zarashon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig'ining tavsiyasiga asosan O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanishi va lavozimdan ozod etilishi hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan bir yilda ikki marta xalq deputatlari tuman Kengashlariga hisobot berib borishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tumandagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi suv is'temolchilariga iste'mol qilingan suv miqdori hisobini yuritmagan (yuritishdan bosh tortgan) qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun suv solig'i bazasi xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan limitlarga nisbatan ikki barobar oshirilgan holda hisoblanishi belgilab qo'yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman hokimligi Axborot xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorni tasdiqlangandan keyin tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga e'lon qilinishini nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur sessiya qarorini ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Xatirchi tumani Kengashining Agrar, suv xo'jaligi masalalari va ekologiya bo'yicha doimiy komissiyasi (A. Yusupov) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi U. ADIZOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xatirchi tumani,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII-7-50-5-77-K/25-son