28.04.2025 yildagi 208-13-0-Q/25-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR KENGASHINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va yer uchastkalarni toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 3-moddasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Yer toʻgʻrisida”gi Qonunining 4 va 23-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8, 35-moddalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash hamda aholi farovonligini taʼminlash uchun yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 2025-2027-yillarda Nukus shahrida qiymati kamida 500 ming AQSH dollari, Amudaryo, Nukus, Qoʻngʻirot va Xoʻjayli tumanlarida 300 ming AQSH dollari, qolgan tumanlarda esa 100 ming AQSH dollari ekvivalentida boʻlgan yirik investitsiya loyihalari uchun shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga yer uchastkalari (shu jumladan, maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi yer uchastkalari)ni eng yaxshi taklifni tanlash asosida yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara huquqini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablagʻni Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjetiga toʻlash sharti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi qarori asosida yer uchastkalarini toʻgʻridan toʻgʻri ijara huquqi asosida ajratishga ruxsat berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining qarori asosida toʻgʻridan-toʻgʻri ijara huquqi asosida ajratiladigan yer uchastkalariga uzoq muddatli ijara toʻlovining bozor qiymatiga nisbatan 0,01 dan 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffitsentlar Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish va yer uchastkalarini toʻgʻridan toʻgʻri ijaraga berish masalasini koʻrib chiqish boʻyicha komissiya tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kadastr agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi (I. Tleuov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (K. Aytbayev), “Oʻzdaverloyiha” DILI Qoraqalpogʻiston boʻlimi (J. Yerejepov) bilan birgalikda joriy yilning 1-oktabr sanasiga qadar, keyinchalik 2026-2027-yillarning 10-yanvar sanasiga qadar investitsiya loyihalari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan va auksionga chiqariladigan yer uchastkalarining roʻyxatini mazkur qaror bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda kelishgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga kiritsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan roʻyxatdagi toʻgʻridan-toʻgʻri beriladigan va auksionga chiqariladigan yer uchastkalarning aniq maydonlari koʻrsatilgan holda kelishiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILI Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan yer uchastkalari uchun ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari mustaqil tartibda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik, idora va tashkilotlar bir oy muddatda oʻzlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarini ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini taʼminlash va nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari (Jollibekov, Teshaev va Yusupov) zimmalariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F. ERMANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2025-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-13-0-Q/25-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashining 2025 yil 15 sentyabrdagi 542-13-0-Q/25-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)