1-ILOVA
MAʼLUMOT
T/r | Mablagʻ ajratiladigan tashkilot nomi | Ajratiladigan mablagʻ maqsadi | Miqdori |
| Jami qarzdorlik | x | 95 666,7 |
1 | Budjet muassasalariga | Budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarning ish haqi va ijtimoiy soliq toʻlovlarining yetishmagan qismini qoplash uchun | 12 953,0 |
2 | Budjet muassasalariga | Budjetdan mablagʻ oluvchi tashkilotlarda ishlaydigan xodimlarning homiladorlik nafaqasi (2025-yil fevral-mart oylari) uchun | 4 423,0 |
3 | Viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasiga | Respublika budjetidan viloyat mahalliy budjetiga olingan ssuda mablagʻlari qaytarish uchun | 13 266,7 |
4 | Viloyat hokimligi huzuridagi jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmasiga | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1047-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha kelib tushgan hujjatlarga koʻra hududiy maqsadli jamgʻarmalar hisobidan toʻlanishi belgilangan kompensatsiya (SNOS) toʻlovlari uchun | 16 238,0 |
5 | Viloyat Sud boshqaruvchilar assotsiatsiyasiga | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-oktabrdagi 02/1-2069-sonli yigʻilish bayonining 11-bandiga asosan sud boshqaruvchilariga har bir yakunlangan tugatishga doir ish boʻyicha belgilangan miqdordagi ish haqlarining 50 foizini toʻlash uchun | 2 800,0 |
6 | Surxondaryo viloyati hokimligi “Rasmiy qabullar uyi”ga | Surxondaryo viloyati hokimligi “Rasmiy qabullar uyi”ning ichki va tashqi muhandislik komunikatsiyalarini modernizatsiya qilish ishlari uchun | 7 307,0 |
7 | Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKga | Rasmiy mehmonlarni qabul qilish mehmonxonasining “b” blok binosini mukammal taʼmirlash ishlari uchun | 9 700,0 |
8 | Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKga | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-141-sonli qarori hamda Oʻzbekiston Respubliksi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 3-martdagi 124-F-son farmoyishiga asosan aholi punktlarining batafsil rejalashtirish loyihalarini ishlab chiqish uchun | 19 479,0 |
9 | Viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUKga | Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasiga ajratilgan binoni taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlar uchun | 1 000,0 |
10 | Viloyat hokimligiga | Viloyat hokimligiga kichik majlislar zali qurish bilan bogʻliq xarajatlar uchun | 5 000,0 |
11 | “Amu-Surxon” irigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga | Termiz tumanidagi “Surxondaryo” daryosi qirgʻoqlariga sement beton qoplamalari yotqizish bilan bogʻliq xarajatlar uchun | 3 000,0 |
12 | Viloyat hokimligi orqali viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga | Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari foydalanishlari uchun Denov tumanidan xizmat uyi sotib olish uchun | 500,0 |