|
Постановление Олий Мажлиса Республики Узбекистан По докладу Президента Республики Узбекистан И. А. Каримова на девятой сессии Олий Мажлиса второго созыва Заслушав доклад Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова, в котором определены основные задачи, принципы и приоритеты дальнейшего углубления демократических преобразований, формирования гражданского общества в Узбекистане, Олий Мажлис Республики Узбекистан постановляет: 1. Отметить, что достигнутые за годы независимости результаты социально-экономического, политического, общественного развития страны убедительно свидетельствуют, что выбранный Узбекистаном путь строительства открытого демократического и правового государства, формирования социально-ориентированной рыночной экономики открыл огромные возможности и перспективы настоящего и будущих поколений наших людей. Определенные в докладе основные принципы и приоритеты демократических преобразований, которые приобрели необратимый характер, формирования основ гражданского общества являются логическим продолжением последовательной политики по обновлению и модернизации общественного и государственного устройства Республики Узбекистан. 2. В основу деятельности государственных органов и обшественных объединений положить программные выводы доклада Президента Республики Узбекистан И.А. Каримова по дальнейшему углублению демократических реформ, формированию основ гражданского общества, достижению важнейших целевых задач в деле обеспечения мира и спокойствия, прогресса страны, повышения благосостояния народа до уровня развитых демократических стран. 3. В целях реализации задач, отмеченных в программном докладе Главы государства, создать рабочую комиссию согласно приложению. 4. Считать основной задачей комиссии разработку законодательных предложений по углублению демократических реформ и формированию основ гражданского общества по следующим важнейшим направлениям: укрепление независимости страны, как основы всех проводимых реформ по политическому строительству, модернизации экономики, духовному обновлению общества; обеспечение безопасности и стабильности, межнационального, межконфессионального и гражданского согласия в стране, территориальной целостности, неприкосновенности ее границ, мира и спокойствия наших граждан; борьба с любыми проявлениями экстремизма и радикализма, а также внутренними угрозами безопасности, пороками и предрассудками прошлого, недопущение проявлений национализма, местничества и клановости; дальнейшее углубление рыночных реформ, создание мощной рыночной инфраструктуры, реализация принципов свободной экономики как важнейшего условия для формирования стабильной и устойчивой экономики; создание условий для развития частного сектора, малого и среднего бизнеса; дальнейшая либерализация внешнеэкономической деятельности; последовательная реализация демократических принципов, обеспечивающих необходимые гарантии прав и свобод граждан свободы слова, прозрачности проводимых в обществе реформ; дальнейшая демократизация и либерализация деятельности средств массовой информации; создание необходимых условий для формирования многопартийности и демократических институтов парламентаризма; усиление роли и значения в жизни общества негосудартсвенных и общественных, политических институтов, органов самоуправления граждан; поэтапное уменьшение роли государственных органов в решении задач, связанных, прежде всего, с социально-экономическими процессами, и передача этих функций общественным объединениям; реализация на деле принципа «От сильного государства — к сильному обществу»; усиление роли общественного контроля за исполнением законов, деятельностью органов государственной власти и управления; углубление судебно-правовой реформы, призванной обеспечить подлинную независимость суда, действенность судебно-правовой системы, верховенство закона, прозрачность при осуществлении правосудия; осуществление государством сильной социальной политики, направленной на развитие социальной инфраструктуры, сферы образования и культуры, создание условий для повышения духовности, нравственности, просвещенности личности и общества; создание небольших, мобильных, оснащенных современным оружием и техникой, профессиональных Вооруженных Сил, где воинская служба для каждого гражданина нашей страны стала бы осознанным выбором, престижным делом, окружена почетом и вниманием со стороны общества и государства. Председатель Олий Мажлиса Республики Узбекистан Э. ХАЛИЛОВ г. Ташкент, 29 августа 2002 г., № 393-II ПРИЛОЖЕНИЕ к Постановлению Олий Мажлиса Республики Узбекистан от 29 августа 2002 года № 393-II СОСТАВ комиссии Олий Мажлиса по вопросам дальнейшего углубления демократических преобразований и формирования основ гражданского общества в Узбекистане
(Ведомости Олий Мажлиса Республики Узбекистан, 2002 г., № 9, ст. 154) |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qarori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning toʻqqizinchi sessiyasidagi maʼruzasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirishning, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy vazifalari, prinsiplari va ustuvorliklari belgilab berilgan maʼruzasini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi: 1. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy rivojlantirishning mustaqillik yillarida erishilgan natijalari Oʻzbekiston tanlagan ochiq demokratik va huquqiy davlat barpo etish, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yoʻli xalqimizning hozirgi hamda kelgusi avlodi uchun ulkan imkoniyatlar va istiqbollar ochganligiga yaqqol dalolat ekanligi taʼkidlab oʻtilsin. Muqarrarlik kasb etgan demokratik oʻzgarishlarning, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning maʼruzada belgilangan asosiy prinsiplari va ustuvorliklari Oʻzbekiston Respublikasining jamiyat va davlat qurilishini yangilash hamda zamonaviylashtirishga qaratilgan izchil siyosatning mantiqiy davomidir. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maʼruzasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish yuzasidan, tinchlik va osoyishtalikni, mamlakat taraqqiyotini taʼminlashga, xalq farovonligini rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga koʻtarishga doir ishlardagi belgilab qoʻyilgan muhim vazifalarga erishish boʻyicha ilgari surilgan dasturiy xulosalar davlat organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatiga asos qilib olinsin. 3. Davlat boshligʻining dasturiy maʼruzasida koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ilovaga binoan ishchi komissiyasi tuzilsin. 4. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish yuzasidan quyidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqish komissiyaning asosiy vazifasi deb hisoblansin: siyosiy qurilish, iqtisodiyotni zamonaviylashtirish, jamiyatni maʼnaviy yangilash boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning negizi sifatida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash; mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, millatlararo, konfessiyalararo totuvlikni va fuqarolar totuvligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini, chegaralari daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash; ekstremizm va radikalizmning har qanday koʻrinishlariga, shuningdek xavfsizlikka boʻladigan ichki tahdidlarga, oʻtmishdan qolgan illatlar va bidʼatlarga qarshi kurash olib borish, millatchilik, mahalliychilik va urugʻ-aymoqchilik koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik; bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotni shakllantirishning eng muhim sharti sifatida erkin iqtisodiyot prinsiplarini amalga oshirish; xususiy sektorni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun sharoit yaratish; tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; fuqarolar huquqlari va erkinliklarining, soʻz erkinligining, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar oshkoraligining zarur kafolatlarini taʼminlaydigan demokratik prinsiplarni izchil amalga oshirish; ommaviy axborot vositalarining faoliyatini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish; koʻppartiyaviylikni va parlamentarizmning demokratik institutlarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish; nodavlat va jamoat, siyosiy institutlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish; eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bogʻliq vazifalarni hal etishda davlat organlarining rolini bosqichma-bosqich pasaytira borish va ularning vazifalarini jamoat birlashmalariga oʻtkazish; “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari” prinsipini amalda roʻyobga chiqarish; qonunlar ijrosi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining rolini kuchaytirish; sudning chinakam mustaqilligini, sud-huquq tizimining taʼsirchanligini, qonunning ustunligini, odil sudlovni amalga oshirishdagi oshkoralikni taʼminlashga qaratilgan sud-huquq islohotini chuqurlashtirish; davlat tomonidan ijtimoiy infratuzilmani, taʼlim va madaniyat sohasini rivojlantirishga, shaxs hamda jamiyatning maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirish, bilim darajasini koʻtarish uchun sharoit yaratishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish; mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun harbiy xizmat qilish ongli tanlov, sharafli ishga aylanib, hamisha jamiyat va davlatning eʼzozi, eʼtiborida boʻladigan, ixcham, harakatchan, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlangan professional Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV Toshkent sh., 2002-yil 29-avgust, 393-II-son Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 29-avgustdagi 393-II- son Qaroriga ILOVA Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oliy Majlis komissiyasi TARKIBI
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 154-modda) |