29.08.2002 yildagi 393-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning toʻqqizinchi sessiyasidagi maʼruzasi yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirishning, fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy vazifalari, prinsiplari va ustuvorliklari belgilab berilgan maʼruzasini tinglab, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy rivojlantirishning mustaqillik yillarida erishilgan natijalari Oʻzbekiston tanlagan ochiq demokratik va huquqiy davlat barpo etish, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish yoʻli xalqimizning hozirgi hamda kelgusi avlodi uchun ulkan imkoniyatlar va istiqbollar ochganligiga yaqqol dalolat ekanligi taʼkidlab oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muqarrarlik kasb etgan demokratik oʻzgarishlarning, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning maʼruzada belgilangan asosiy prinsiplari va ustuvorliklari Oʻzbekiston Respublikasining jamiyat va davlat qurilishini yangilash hamda zamonaviylashtirishga qaratilgan izchil siyosatning mantiqiy davomidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning maʼruzasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish yuzasidan, tinchlik va osoyishtalikni, mamlakat taraqqiyotini taʼminlashga, xalq farovonligini rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga koʻtarishga doir ishlardagi belgilab qoʻyilgan muhim vazifalarga erishish boʻyicha ilgari surilgan dasturiy xulosalar davlat organlari va jamoat birlashmalarining faoliyatiga asos qilib olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat boshligʻining dasturiy maʼruzasida koʻrsatib oʻtilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ilovaga binoan ishchi komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirish yuzasidan quyidagi muhim yoʻnalishlar boʻyicha qonunchilik takliflarini ishlab chiqish komissiyaning asosiy vazifasi deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy qurilish, iqtisodiyotni zamonaviylashtirish, jamiyatni maʼnaviy yangilash boʻyicha amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning negizi sifatida mamlakat mustaqilligini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda xavfsizlik va barqarorlikni, millatlararo, konfessiyalararo totuvlikni va fuqarolar totuvligini, mamlakatning hududiy yaxlitligini, chegaralari daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash; ekstremizm va radikalizmning har qanday koʻrinishlariga, shuningdek xavfsizlikka boʻladigan ichki tahdidlarga, oʻtmishdan qolgan illatlar va bidʼatlarga qarshi kurash olib borish, millatchilik, mahalliychilik va urugʻ-aymoqchilik koʻrinishlariga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va mustahkam iqtisodiyotni shakllantirishning eng muhim sharti sifatida erkin iqtisodiyot prinsiplarini amalga oshirish; xususiy sektorni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun sharoit yaratish; tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar huquqlari va erkinliklarining, soʻz erkinligining, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar oshkoraligining zarur kafolatlarini taʼminlaydigan demokratik prinsiplarni izchil amalga oshirish; ommaviy axborot vositalarining faoliyatini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish; koʻppartiyaviylikni va parlamentarizmning demokratik institutlarini shakllantirish uchun zarur sharoit yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat va jamoat, siyosiy institutlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining jamiyatimiz hayotidagi oʻrni va ahamiyatini kuchaytirish; eng avvalo, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bogʻliq vazifalarni hal etishda davlat organlarining rolini bosqichma-bosqich pasaytira borish va ularning vazifalarini jamoat birlashmalariga oʻtkazish; “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyat sari” prinsipini amalda roʻyobga chiqarish; qonunlar ijrosi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning chinakam mustaqilligini, sud-huquq tizimining taʼsirchanligini, qonunning ustunligini, odil sudlovni amalga oshirishdagi oshkoralikni taʼminlashga qaratilgan sud-huquq islohotini chuqurlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan ijtimoiy infratuzilmani, taʼlim va madaniyat sohasini rivojlantirishga, shaxs hamda jamiyatning maʼnaviyati va maʼrifatini yuksaltirish, bilim darajasini koʻtarish uchun sharoit yaratishga qaratilgan kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun harbiy xizmat qilish ongli tanlov, sharafli ishga aylanib, hamisha jamiyat va davlatning eʼzozi, eʼtiborida boʻladigan, ixcham, harakatchan, zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlangan professional Qurolli Kuchlarni vujudga keltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 29-avgustdagi 393-II- son Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish masalalari boʻyicha Oliy Majlis komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bugrov Boris Ivanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisining oʻrinbosari (komissiya rahbari)

Azizxoʻjayev Alisher Abbosovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi rektori

Azimov Murot Karimovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi raisining oʻrinbosari

Alimov Ravshan Mirzamurodovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori vazifasini bajaruvchi

Bobomirzayev Abdurashid

—

Oʻzbekiston Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi

Boliyev Asliddin Ortiqovich

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi masʼul kotibi, Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi rahbari

Vohidov Erkin Vohidovich

—

Oliy Majlisning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi

Gasanov Mixail Yusupovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari

Jumabekov Qudaybergen Urazbayevich

—

Oliy Majlisning Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi raisi

Joʻrayev Narzulla Qosimovich

—

Oliy Majlisning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi

Joʻrayev Risboy Haydarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri

Joʻrayev Xayrulla Ravshanovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat ishlari vaziri

Ziyo Azamat Hamid oʻgʻli

—

Oliy Majlisning Yoshlar ishlari qoʻmitasi raisi

Ismoiylov Nurdinjon Moʻydinxonovich

—

Oliy Majlisning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

Ishmetov Aminjon Jabborovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari

Mirzayev Tohir Qambarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisi

Mirolimov Mirakmal Mirahmatovich

—

Oliy Majlisning Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi raisi

Nazarov Qiyom Normirzayevich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti direktori

Polvonzoda Abdusamad Abduhamidovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri

Rahmonqulov Mirakbar Hojiakbarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining birinchi oʻrinbosari

Rustamboyev Mirzayusuf Hakimovich

—

Toshkent davlat yuridik instituti rektori

Saidov Akmal Xolmatovich

—

Oliy Majlisning Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori .

Safoyeva Mashkura Boqiyevna

—

Oliy Majlisning Ijtimoiy masalalar va bandlik qoʻmitasi raisi

Sobirov Muzaffarbek Azimovich

—

Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi

Tursunov Ahtam Salomovich

—

Oliy Majlisning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi

Umaraliyev Muhammadjon

—

Oliy Majlisning Iqtisodiyotni isloh qilish masalalari va tadbirkorlik qoʻmitasi raisi

Sharifxoʻjayev Murod

—

Toshkent moliya instituti rektori

Yakubov Aleksandr Sanjarovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari

Qambarov Aleksandr Magrupovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi boshligʻining oʻrinbosari

Gʻulomova Dilbar Muhammadxonovna

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

Gʻulomov Saidahror Saidahmedovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Gʻulomov Qodir Gʻafurovich

—

Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri

Hoshimov Oʻtkir

—

Oliy Majlisning Matbuot va axborot qoʻmitasi raisi

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 154-modda)