Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Государства Кувейт
Кучга кириш санаси
28.05.2009
Рус
Ўзб
O’zb
Рус|Ўзб
Рус|O‘zb
|
Соглашение между Правительством Республики Узбекистан и Правительством Государства Кувейт О сотрудничестве в области туризма Ташкент, 21 июля 2008 года (Вступило в силу 28 мая 2009 года) (подписи) |
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Quvayt Davlati Hukumati oʻrtasida Bitim Turizm sohasida hamkorlik toʻgʻrisida 2008-yil 21-iyul, Toshkent (2009-yil 28-maydan kuchga kirdi) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Quvayt Davlati Hukumati, bundan keyin “Tomonlar” deb ataluvchilar, ikki davlat oʻrtasida doʻstlik aloqalarini kuchaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, ikkala mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi yoʻlida turizm sohasidagi aloqalarning muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar: 1-modda Tomonlar oʻzaro manfaatdorlik asosida turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini ragʻbatlantiradilar hamda shu maqsadda Tomonlar ikkala davlat hududida oʻzaro yutuqlarini va istiqboldagi imkoniyatlarini namoyish etadilar. 2-modda Tomonlar hujjatlar, nashriyot materiallari, filmlar va turistik maʼlumotlar bilan almashadilar hamda nashriyot xodimlari va jurnalistlarning oʻzaro ikki davlatga tashriflarini qoʻllab -quvvatlaydilar. 3-modda Tomonlar ikki davlat oʻrtasida turistlar almashinuvining muhim ekanligini anglagan holda oʻz mamlakatlari hududlarida oʻtkaziladigan turistik yarmarka va koʻrgazmalarda qatnashadilar. 4-modda Tomonlar hunarmandchilik va boshqa ishlab chiqarish sohalari, tarixiy obidalardan unumli foydalanish va investitsiyalar jalb qilish, hamda ikkala mamlakatda ushbu sohalarga oid milliy qonunchiligi toʻgʻrisida axborot almashadilar. 5-modda Tomonlar ekologik turizmni rivojlantirish sohasida oʻzaro tajriba almashadilar hamda atrof-muhit muhofazasi, madaniy va ijtimoiy sohalarda maʼlumot almashadilar. 6-modda Tomonlar xususiy sektorni quyidagilar orqali qoʻllab- quvvatlaydilar: 1. Ikkala mamlakat oʻrtasida turizm sohasiga oid qoʻshma loyihalarni amalga oshiradilar. 2. Ikki mamlakatga sayohatlar uyushtirish maqsadida turistik muassasa/kompaniyalarni ragʻbatlantiradilar. 3. Ikki mamlakatda yangi sayyohlik va avia yoʻnalishlarning ochilishini ragʻbatlantiradilar. 4. Ikkala mamlakatning turizm sohasida faoliyat olib borayotgan hukumat organlari, jamiyatlar va kompaniyalar oʻrtasida hamkorlikning rivojlanishini qoʻllab- quvvatlaydilar. 7-modda Tomonlar turizm sohasida investitsiya, reja va tahlillari toʻgʻrisida maʼlumot almashadilar. 8-modda Tomonlar ikki davlat milliy turizm maʼmuriyatlari oʻrtasida BMT Butunjahon Turizm Tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlari doirasida hamkorlikni muvofiqlashtiradilar. 9-modda Tomonlar turizm va mehmonxona ishini yuritish sohasida tajriba hamda ikki mamlakatda mavjud turizm institutlari va maxsus markazlarda oʻqitish hamda malaka oshirish uslublari yuzasidan maʼlumot almashadilar. Shuningdek, ikki mamlakatda oʻtkaziladigan turizm sohasiga oid anjumanlar, jumladan, mehmonxona xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirishga oid tadbirlarda ishtirok etadilar. 10-modda Tomonlar ushbu Bitim qoidalarini va turizm sohasidagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat ekspertlari tarkibidan iborat boʻlgan Texnik qoʻmitani tuzadilar. 11-modda Qoʻmita yigʻilishlari 10-moddaga binoan navbatma-navbat bilan har ikki davlatda bir yilda bir marta oʻtkaziladi, shuningdek, zarur hollarda Tomonlarning roziligi bilan navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. 12-modda Ushbu Bitim Tomonlardan birining boshqa Tomonni ushbu Bitimning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali soʻnggi yozma xabarnomani olgan kundan boshlab kuchga kiradi. Tomonlarning kelishuviga koʻra, ushbu Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin va mazkur oʻzgartish hamda qoʻshimchalar ushbu moddaning 1-xatboshida belgilangan tartibda kuchga kiradi. Mazkur Bitim besh yil muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati agar Tomonlardan biri uning amal qilish muddatini toʻxtatish niyati haqida Bitimning navbatdagi amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy ilgari yozma ravishda xabardor qilmasa, ushbu Bitim keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi. Toshkent shahrida 2008-yil 21-iyulda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi. (imzolar) |