Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 08.10.1998 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KVARS” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA AVTOMOBIL OYNALARI TAYYORLASh UChUN MEʼMORChILIK-QURILISh OYNASI IShLAB ChIQARISh LINIYASINI MODERNIZATSIYA QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kvars” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan yassi oyna sifatini avtomobil oynasi tayyorlash uchun zarur boʻlgan darajaga yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining “Kvars” aksiyadorlik jamiyatidagi quvvati yiliga ikki millimetrga hisoblangan 10 mln kv. metr avtomobil oynasi tayyorlash uchun yaroqli yassi oyna ishlab chiqarishini, 2000-yilning ikkinchi choragida foydalanishga topshirgan holda, modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Kvars” aksiyadorlik jamiyati bilan Italiyaning “Tekint” kompaniyasi oʻrtasida shisha qaynatish pechini, eritish vannasini, pishirish pechini, qirqish va joylashtirish uzellarini modernizatsiya qilishni, mahsulot sifatini lazer orqali nazorat qilish qurilmasini oʻrnatishni nazarda tutuvchi qiymati 32,4 mln Germaniya markasidan iborat zavod uchun mashina va asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontrakt imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, kontraktni mablagʻ bilan taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 27,5 mln Germaniya markasi miqdoridagi 85 foizi Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sugʻurta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki krediti hisobiga qayta moliyalanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 4,9 mln Germaniya markasi miqdoridagi 15 foizi, shuningdek investitsiya davrida xorijiy kreditni jalb qilish va unga xizmat koʻrsatish boʻyicha moliyaviy xarajatlar xorijiy bankning bir yil muddatga tijorat krediti hisobiga qayta moliyalanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinayotgan kreditlar 1, 2-ilovalarga* muvofiq “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari hisobiga qaytarilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 va 2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish yuzasidan kontraktni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat banki Italiyaning “SAChE” kompaniyasi sugʻurta qoplamasi ostida Italiyaning “Natsional del Lavoro” banki va xorijiy bank bilan tijorat kreditiga kredit bitimlari tuzsin hamda olingan kreditlarni belgilangan tartibda “Kvars” aksiyadorlik jamiyatiga qayta moliyalasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining xorijiy banklar oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha hamda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga “Kvars” aksiyadorlik jamiyati majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan belgilangan tartibda kafolatlar berish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining berilgan kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi yassi oyna liniyasini modernizatsiya qilish loyihasini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritsin, xarajatlarni “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining oʻz mablagʻlari va banklarning kreditlari hisobiga milliy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha mazkur loyiha doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari, ular konsullik yigʻimlari toʻlashdan ozod qilingan holda, belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Kvars” aksiyadorlik jamiyatining buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy mutaxassislarga vizalar berilishi va uzaytirilishini, yashash joyi boʻyicha milliy pasportlar roʻyxatdan oʻtkazilishi va roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini, ularni davlat boji toʻlashdan ozod qilgan holda, belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur loyiha doirasida jalb qilinayotgan xorijiy mutaxassislarga respublika hududida yashaganlik va transportning barcha turlarida yurganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan tariflar boʻyicha haq toʻlash huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 8-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son