Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998 07.05.1993 yildagi 843-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.1998
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAHALLIY SOLIQLAR VA YIGʻIMLAR TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-apreldagi 397-I-son “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksini amalga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish shartlari va tartibini, shuningdek davlat hokimiyati mahalliy organlarining mazkur masalalarni hal etishdagi vakolatini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy soliqlar va yigʻimlar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manbaini vujudga keltirish, tabiiy va boshqa moddiy resurslarni takror ishlab chiqarish, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy organlarining faoliyat koʻrsatishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan belgilangan, ular tomonidan oʻz vakolatiga muvofiq ravishda mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun ishlatiladigan soliqlar mahalliy soliqlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy soliqlar mahalliy budjetga oʻtkaziladi. Yer soligʻining bir qismi qonunlarda belgilangan tartibda yerdan foydalanish ishlarini yaxshilash yuzasidan umumdavlat tadbirlarini amalga oshirish uchun respublika budjetida markazlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy yigʻimlar – bu Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qaroriga muvofiq belgilangan, fuqarolar va tashkilotlardan ularga koʻrsatilgan madaniy-maishiy xizmatlar yoki davlat hokimiyatining mahalliy organlari nazorati ostida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarning chiqimlari bilan bogʻliq xarajatlarni qisman qoplash uchun undiriladigan toʻlovlardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yer soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kurort mintaqasida ishlab chiqarish obyektlarini qurishga solinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) reklama soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) avtomobil vositalari, murakkab hisoblash va roʻzgʻor texnikasini qayta sotganlik uchun solinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) transport vositalari egalaridan olinadigan soliq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) kurort yigʻimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) vino-aroq mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) mahalliy kimoshdi savdolari va lotereyalar oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnoma yigʻimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni roʻyxatga oʻtkazganlik uchun olinadigan yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) avtotransportlar saqlanadigan joydan foydalanganlik uchun yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) otchoparlarda poygada qatnashganlik uchun yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) otchoparlarda oʻtkazilgan poygadagi yutuq uchun yigʻim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) birjalardagi oldi-sotdi bitimlaridan undiriladigan yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
r) kino va telesuratga olishlarni oʻtkazish huquqini beruvchi yigʻimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) aholi manzilgohlari hududini supirib-sidirish uchun yigʻim;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(1-moddaning “t” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
u) it egalaridan olinadigan yigʻim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daromadlar (foyda), soliq toʻlovchilarning ayrim faoliyat turlari, tabiiy resurslardan foydalanish, jismoniy shaxslarning mol-mulki, qonun hujjatlarida belgilangan ishlar(xizmatlar) va boshqa obyektlar soliq solish va yigʻimlarni undirish obyektlari hisoblanadi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrdagi 179-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi fuqarolar, mulk shaklidan qatʼi nazar korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqaroligi boʻlmagan shaxslar soliq solish va yigʻimlarni undirish subyektlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari, davlat hokimiyati mahalliy organlarining qarorlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnoma (bitim)larida Oʻzbekiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlarga doir qonunlaridagi qoidalardan farqli qoidalar belgilangan boʻlsa, u holda xalqaro shartnoma (bitim) qoidalari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi mahalliy soliqlar va yigʻimlar ushbu Qonun bilan, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonunlari bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni joriy etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Qonun 1-moddasining “a”, “b”, “e” va “l” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yigʻimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar stavkalarining miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“v” – “d”, “z” – “k”, “m” – “u” bandchalarida qayd etilgan soliqlar va yigʻimlar viloyatlar va Toshkent shahri davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qonun 1-moddasining “j” bandchasida qayd etilgan yigʻim hududida kurort joyi boʻlgan xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori bilan joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida toʻlash hamda mahalliy soliqlar va yigʻimlar toʻgʻrisidagi qonunlarga rioya etish yuzasidan javobgarlik soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlovchilar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq intizomiy, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirish ustidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri undirish ustidan nazorat qilish davlat soliq organlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy soliqlar va yigʻimlarni undirishga doir yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
843-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 227-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 269-modda)