Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2000 14.05.1996 yildagi 176-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.04.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SANOAT KORXONALARI OMBORLARIDAGI TAYYoR MAHSULOTLAR QOLDIQLARIGA OʻRTAChA NORMATIVLAR BELGILASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 28-apreldagi 167-sonli “Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga oʻrtacha normativlar belgilash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oborot mablagʻlarining aylanishini tezlashtirish va korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, omborlarda saqlanayotgan tayyor mahsulotlar hajmlarini kamaytirish va ular boʻyicha ishonchli statistika axborotini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika vazirliklari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari va uyushmalari, korxonalari va tashkilotlarining tayyor mahsulotlar qoldiqlarining normativlari toʻgʻrisidagi takliflari ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror ilovasiga kiritilmagan konsernlar va uyushmalar korxonalar va birlashmalar boʻyicha tayyor mahsulotlarning oʻrtacha normativlari oʻn besh kalendar kun hajmida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi (Qudratov) qoldiqlarning maʼqullangan oʻrtacha normativlarini va tovar zaxiralarini hisobga olishning yangi birxillashtirilgan shakllarini hisobga olgan holda normadan ortiqcha zaxiralarni hisoblab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi koʻrsatmani korxonalar va tashkilotlarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar va uyushmalarning rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyor mahsulotlar qoldiqlarining tegishli oʻrtacha normativlarini uch kun muddatda korxonalarga yetkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz amaliy ishlarida bozorlarni toʻldirish va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida narxlarning oʻzgarib turishini hisobga olgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatan talab va ehtiyojlarni eʼtiborga olsinlar, tayyor mahsulotlarning amaldagi qoldiqlari normativdan oshib ketishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 14-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1996-yil 14-maydagi 176-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRTAChA NORMATIVLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirliklar va idoralarning nomi‎

Mahsulotlar qoldiqlari normalari, kunlar hisobida‎

“Koʻmir” aksionerlik birlashmasi‎ 20‎
“Oʻzkimyosanoat” uyushmasi‎ 20‎
“Oʻzmashsanoat” uyushmasi‎ 20‎
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi‎ 20‎
“Oʻzavtosanoat” uyushmasi‎ 20‎
Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi‎ 20*‎
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‎ 11‎
“Maxsusqotishma” RT‎ 20‎
“Oʻzmetkombinat” birlashmasi‎ 12‎
“Oʻzikkilamchiranglimetall” aksionerlik jamiyati‎ 30‎
"Oʻzbekyengilsanoat" davlat uyushmasi‎ 30‎
“Oʻzbekmebel” davlat birlashmasi‎ 20‎
“Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi‎ 30‎
“Oʻzbaliq” davlat korporatsiyasi‎ 20‎
“Oziqovqatsanoat” uyushmasi‎ 5‎
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi‎ 30‎
“Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni‎ 20‎
“Oʻzboshyogʻochqurilish” boshqarmasi‎ 20‎
“Oʻzsanoatxoʻjalikqurilish” davlat korporatsiyasi‎ 20‎
Qishloq xoʻjaligi vazirligi‎ 10‎
“Oʻzdehqonchilikqurilish” davlat birlashmasi‎ 12‎
Davlat oʻrmon qoʻmitasi‎ 10‎
Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi‎ 15‎
“Oʻzsuvqurilish” davlat konserni‎ 20 ‎
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasi‎ 20‎
“Oʻzmontajmaxsusqurilish” uyushmasi‎ 20‎
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyasi‎ 20‎
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi‎ 15*‎
“Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi‎ 12‎
“Oʻzmaishiyxizmatuyushma”‎ 12‎
Oʻzbekbirlashuv‎ 12‎
Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi‎ 20‎
“Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi‎ 20‎
Koʻzi ojizlar jamiyati‎ 24‎
Karlar jamiyati‎ 24‎
“Sharq” nashriyot-matbaa konserni‎ 20‎
Davlat matbuot qoʻmitasi‎ 20‎
Davlat sport qoʻmitasi‎ 10‎
Ijtimoiy taʼminot vazirligi‎ 15‎
Oliy taʼlim vazirligi‎ 10‎
Xalq taʼlimi vazirligi‎ 10‎
“Oʻzavtoyoʻl” davlat konserni‎ 20‎
“Toshkentuyjoyinvestqurilish” korporatsiyasi‎ 20‎
“Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi‎ 20‎
Ichki ishlar vazirligining axloq tuzatish ishlari boshqarmasi‎ 20‎
Aloqa vazirligi‎ 12‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* xalq isteʼmoli tovarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sanoat korxonalari omborlaridagi tayyor mahsulotlar qoldiqlariga belgilangan oʻrtacha normativlar savdo tashkilotlaridagi tovarlar qoldiqlariga qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Paxta (paxta tolasi), gʻalla, goʻsht, oʻsimlik yogʻi va yonilgʻi-moylash materiallari qoldiqlari boʻyicha oʻrtacha normativlar belgilanmaydi.