OʻZBEKISTON ALOQA VA AXBOROTLAShTIRISh AGENTLIGI BOSh DIREKTORINING
BUYRUGʻI
Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-aprelda 1557-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 215-son qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganidan oʻn kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amaldagi RChDKning 2001-yil 15-noyabr 3-son qarori bilan tasdiqlangan hamda (2001-yil 22-noyabr, roʻyxat raqami 1086) berilgan radiochastotalar toʻgʻrisidagi axborotni hisobga olish, tizimlashtirish va saqlash toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor oʻrinbosari M.M. Sangilov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2006-yil 13-mart,
81-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 14-son, 119-modda; 2012-y., 5-son, 50-modda)