O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining
Qarori
AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YO‘LOVChILAR TAShISh BILAN ShUG‘ULLANIShGA LITSENZIYA OLIShDA YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLAR TOMONIDAN TO‘LANGAN DAVLAT BOJINI QAYTARISh YOKI HISOBGA QO‘ShISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 28-martda 1555-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining 2011-yil 30-noyabrdagi 72, 3-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish bilan shug‘ullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘langan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 1555-1, 12.12.2011-y) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 2006-yil 9-martdagi PQ-303-son qarorining 3-bandini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi qaror qiladilar:
1. Ilova* qilinayotgan “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanishga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘langan davlat bojini qaytarish yoki hisobga qo‘shish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlangan.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.
Moliya vazirligi R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
32-son
O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘i A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-mart,
3-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 108-modda)