Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2013 17.03.2006 yildagi PF-3725-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2013
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI SUDYALARNI TANLASh VA LAVOZIMLARGA TAVSIYA ETISh BOʻYIChA OLIY MALAKA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PF-4493-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-martdagi PF-3725-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hokimiyati mustaqilligini kuchaytirish, sudyalar zaxirasini shakllantirish, nomzodlarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etishning demokratik tamoyillarini mustahkamlash, sudyalar korpusi barqarorligini taʼminlash, Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi faoliyatini tashkil qilishni tubdan oʻzgartirish maqsadida hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 11-moddasiga muvofiq :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining tashkiliy tuzilmasi va shtatlar soni 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida yangi tahrirdagi nizom, shuningdek, uning tarkibi 3 va 4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan ikki hafta muddatda Komissiyani moliyaviy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-martdagi PF–2817-son Farmoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 24-sentabrdagi PF–2943-son Farmoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-martdagi PF–3587-son Farmoni ilovasining 2-bandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari A. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 17-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-3725-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining shtatlar soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎OLIY MALAKA KOMISSIYASINING TARKIBI

1.‎ Komissiya raisi (jamoatchilik asosida) ‎ — 1‎
2.‎ Komissiya raisi oʻrinbosari (doimiy asosda) ‎ — 1‎
3.‎ Komissiya aʼzolari (jamoatchilik asosida) ‎ — 11‎
4.‎ Komissiya aʼzolari (doimiy asosda)‎ — 4‎
Komissiya boʻyicha jami‎ — 17‎

‎‎IJROIYA APPARATI

I. Komissiya raisining oʻrinbosari‎ — 1‎
II. Komissiya huzuridagi Sud inspeksiyasi‎
1.‎ Inspeksiya rahbari — komissiya aʼzosi ‎ — 1‎
2.‎ Inspeksiya rahbarining oʻrinbosari — komissiya aʼzosi ‎ — 1‎
3.‎ Yetakchi inspektor ‎ — 4‎
4.‎ Ish yurituvchi‎ — 1‎
Jami‎ — 7‎
III. Komissiya Kotibiyati‎
1.‎ Kotibiyat rahbari — komissiya aʼzosi ‎
2.‎ Kotibiyat rahbarining oʻrinbosari — komissiya aʼzosi ‎ — 1‎
3.‎ Yetakchi inspektor ‎ — 4‎
4.‎ Arxiv mudiri — ish yurituvchi‎ — 1‎
Jami‎ —7‎
IV. Xoʻjalik boʻlimi
1.‎ Buxgalter ‎ — 1‎
2.‎ Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ‎ — 2‎
Jami‎ — 3‎
Ijroiya apparati boʻyicha jami‎ 18‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 2006-yil 17-martdagi PF-3725-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash siyosatini, sud kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish tamoyillarini yanada demokratlashtirishni amalga oshiradigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi doimiy ishlovchi organ hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya zimmasiga sudlar faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalarini tanlash va lavozimlarga tavsiya etish vazifalari yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan farmon, qaror va farmoyishlari hamda mazkur Nizom asosida sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi tamoyillariga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Komissiyaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning demokratik asoslarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlarni tanlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tasdigʻiga taqdim etishda qonuniylikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar mustaqilligi va ularning ijtimoiy muhofazasini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimlariga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish borasidagi ishlarni yaxshilash hamda sudya kadrlarni tarbiyalash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalikka nomzodlarni tanlab olishning huquqiy negizini takomillashtirish, ularning kasb mahoratini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha ishlarning ochiq-oydinligi va oshkoraligini, bu ishning vertikal boʻyicha hisobot berilishini taʼminlash, shuningdek bu sohada xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish holatlarining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlash va nomzodlarni lavozimlarga taqdim etish masalalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudlar faoliyatini tashkiliy va axborot-tahliliy jihatdan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni tanlash va tayinlash borasida ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va Komissiyaning ish amaliyotiga tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyilgan vazifalarni bajarish uchun Komissiyaga quyidagi vakolatlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyasi lavozimlariga munosibligini aniqlaydi hamda mazkur masala boʻyicha xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi sudyalarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni (materiallarni) koʻrib chiqadi va ular yuzasidan xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlarning zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasidagi ishlarning tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarni oʻrganishning turli usullaridan foydalanadi (suhbatlashish, mustaqil ekspertlar tomonidan sinab koʻrish, topshirilgan muammo boʻyicha mavzuga oid referatlar tayyorlash, tezkor savol-javoblar oʻtkazish va hokazolar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlar bilan ishlashdagi kamchiliklar xususida taqdimnomalar, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Sudyalar uyushmasi, huquqni muhofaza qilish organlari, boshqa muassasalar va tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish chogʻida sudyalarning malaka hayʼatlari bilan hamkorlik qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlab olish va nomzodlarni sudyalik lavozimlariga tavsiya etish masalasini hal qilish uchun zarur boʻlgan materiallarni (arizalar, bildirilgan fikrlar, xulosalar, maʼlumotnomalar va boshqa hujjatlarni) koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar zaxirasini shakllantirish, tanlab olish va lavozimlarga tavsiya etish masalalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatini vaqti-vaqti bilan oʻrganadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlar bilan ishlash toʻgʻrisida sudyalar malaka hayʼatlari raislarining hisobotini muntazam ravishda tinglab boradi va sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning malaka hayʼatlaridan sudyalik lavozimlariga boʻsh oʻrinlar mavjudligi haqidagi, sudya kadrlarning zaxirasi qanday shakllantirilayotgani toʻgʻrisidagi axborotni, Komissiya oldida turgan vazifalarni hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning malaka hayʼatlariga sudya kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ushbu sohada xalqaro tajribani oʻrganish va undan foydalanish borasidagi ishlarni tashkil qilish bilan bogʻliq boshqa topshiriqlarni beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Sudyalar zaxirasini shakllantirish va sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Zaxirani shakllantirish va sudyalik lavozimlariga taqdim etish uchun nomzodlarni tanlash boʻyicha ishlar sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan lavozimlardan tashqari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, harbiy sudlar sudyaligiga nomzodlarning zaxirasini shakllantirish sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyaligiga, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi va rais oʻrinbosarlari lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Oliy malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Umumiy yurisdiksiya sudlarining malaka hayʼatlariga tegishlicha fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislari rahbarlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudlari sudyalarining malaka hayʼati raisi Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari sudyalari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy yurisdiksiya sudlarining oliy malaka hayʼati raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan saylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyaligiga (xoʻjalik sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari bundan mustasno) nomzodlarning zaxirasini shakllantirish uchun sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari oʻzlarini zaxiraga kiritish yoki sudyalarning aniq boʻsh lavozimlarini egallash istagini bildirgan shaxslardan arizalarni qabul qiladilar. Arizaga kadrlarni hisobga olish shaxsiy varagʻi, tarjimai hol, oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom nusxasi, mehnat daftarchasidan koʻchirma, oxirgi ish joyidan tavsifnoma ilova qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining yigirma besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotli, mutaxassisligi boʻyicha ish staji kamida uch yil boʻlgan fuqarolari sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritilishlari mumkin. Sudlangan shaxslar sudyalikka nomzodlar zaxirasiga qabul qilinishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa sudyalik lavozimlariga zaxirani shakllantirish belgilangan tartibda tegishli malaka hayʼatlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomning 10-bandi talablariga rioya etilgan taqdirda, arizalar qabul qilinishini rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etish xususida Komissiyaga shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Arizalarni qabul qilish va roʻyxatga olish, hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshirish ishlarini sudyalar malaka hayʼatining masʼul kotibi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Sudyalarning malaka hayʼatlari nomzodlarning kasbiy, axloqiy va ishchanlik fazilatlarini oʻrganib chiqishni tashkil etadilar hamda hujjatlar kelib tushgan paytdan boshlab kechi bilan ikki oy muddatda malaka imtihonlarini oʻtkazadilar, shu imtihonlarning natijalari boʻyicha ularni sudyalikka nomzodlar zaxirasiga kiritish yoki kiritishni rad etish toʻgʻrisida qaror chiqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalarning malaka hayʼatlari eng yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, yuqori malakali yuristlar — sudlar, huquqni muhofaza qilish organlari, muassasalar va tashkilotlarning xodimlarini nomzodlar zaxirasiga kiritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka hayʼatlarining majlislarida tegishlicha fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy sudlarining, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining, harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari ishtirok etishlari mumkin, ular sudyalik lavozimiga har bir nomzod boʻyicha oʻz fikrini bildirishga, malaka hayʼatining qaroriga qoʻshilmagan taqdirda esa oʻz fikrini yozma ravishda Komissiyaga yuborishga haqlidirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxiraga kiritilgan shaxslar xususidagi maʼlumotlar Sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan Komissiyaga yoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sudyalarning malaka hayʼatlari zaxirada boʻlgan va ilk bor fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, okrug va hududiy harbiy sudlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xoʻjalik sudi hamda viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyasi lavozimlariga taqdim etilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida maxsus kurslarda oʻqitishni tashkil etadi. Mazkur maxsus kurslarni tamomlaganligi toʻgʻrisidagi sertifikat, u berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sudyalik lavozimi boʻshab qolgan taqdirda Sudyalarning tegishli malaka hayʼati sudyalik lavozimiga zaxirada turgan shaxslarni xabardor qiladi. Shu bilan birga 14-bandda nazarda tutilgan sudyalik lavozimiga ilk bor taqdim etilayotgan nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi maxsus kurslarini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatga ega boʻlgan taqdirdagina xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshab qolgan sudyalik lavozimini egallash uchun tanlab olishda ishtirok etish istagini bildirgan shaxslar malaka imtihonini topshiradilar, ana shu imtihon natijalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼati ularning sudyalik lavozimiga munosib yoki munosib emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sudyalarning malaka hayʼati boʻsh sudyalik lavozimiga tavsiya etilgan kamida ikki nomzodga doir hujjatlarni Komissiyaga yoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Vakolat muddatlari tugayotgan sudyalarni yangi muddatga taqdim etish toʻgʻrisidagi masala sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Sudyalar malaka hayʼatining mazkur shaxslar lavozimga munosibligi yoki munosib emasligi toʻgʻrisidagi hamda ularni yangi muddatga tayinlash mumkinligi haqidagi qarori vakolat muddati tugashiga kamida uch oy qolganda Komissiyaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya sudyalarning vakolat muddati tugashidan kamida bir oy oldin ularni yangi muddatga taqdim etish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Sudyalar malaka hayʼatlarining raislari Komissiyaga taqdim etiladigan sudya kadrlarga oid hujjatlarning toʻliqligi va sifati uchun shaxsan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya muntazam ravishda sudyalar malaka hayʼatlari raislarining sudya kadrlar bilan ishlash ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotini tinglab boradi. Sudya kadrlari zaxirasini shakllantirish va tanlash chogʻida malaka hayʼatlarining faoliyatida tanish-bilishchilik, mahalliychilik, xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish kabi hamda boshqa qonunbuzarlik holatlari aniqlangan taqdirda Komissiya tegishli malaka hayʼatining raisini egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan darajada intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya ishini tashkil qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar, shuningdek, jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan oʻn yetti kishidan iborat tarkibda tuziladi hamda Komissiya raisi, rais oʻrinbosari va aʼzolardan tashkil topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va uning oʻn bir nafar aʼzosi besh yil muddatga tasdiqlanadi va oʻz faoliyatlarini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisining oʻrinbosari va toʻrt nafar aʼzosi oʻz faoliyatlarini doimiy asosda amalga oshiradilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiya raisi Komissiyaning faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va Komissiya zimmasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlislarini chaqiradi va unga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ijroiya apparati xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi boʻlmagan paytlarda uning vazifasini oʻrinbosari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Komissiya raisining oʻrinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ijroiya apparati faoliyatida, shuningdek uning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi boʻlmaganda Komissiya majlislariga raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya qarorlari bajarilishini nazorat qilish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy asosda faoliyat yurituvchi Komissiya aʼzolaridan tashqari, Komissiya ijroiya apparati xodimlarini Komissiya qaroriga asosan lavozimlarga tayinlaydi va ozod etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyruq va farmoyishlar chiqaradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni qabul qiladi hamda shikoyat va arizalarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari va Komissiya qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya faoliyati Komissiya aʼzolarining kollegialligi va teng huquqliligi, Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalarning har tomonlama, toʻliq va xolisona hal etilishini taʼminlash tamoyillariga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya qonunga asosan kadrlarni sudyalik lavozimlariga tayinlashga tavsiyanoma tayyorlovchi oxirgi bosqich hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Komissiya sudya kadrlar zaxirasini shakllantirish va undan samarali foydalanish borasida sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyati nazorat qilinishi va muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya vaqti-vaqti bilan joylarga chiqib sudyalar malaka hayʼatlari tomonidan kadrlar zaxirasini shakllantirish va tanlash boʻyicha ishlarning ahvolini tekshirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya majlislari uning vakolatiga kiruvchi masalalarning tayyorlanishiga qarab, odatda bir oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolarining koʻpchiligi ishtirok etgan taqdirda komissiyaning majlisi vakolatli, deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tavsiya etish masalalari Komissiya majlislarida koʻrib chiqilayotganda nomzodni taqdim etayotgan tegishli sudyalar malaka hayʼatining raisi maslahat ovozi bilan qatnashishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisining bayonnomasi Komissiya kotibiyati xodimi tomonidan yuritiladi va Komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudyalik lavozimlariga kadrlar boʻyicha takliflar Komissiya tomonidan koʻrib chiqish uchun boʻsh sudyalik lavozimiga kamida ikki nomzoddan iborat holda muqobillik asosida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida muhokama etilayotgan nomzodning shaxsiy va kasbiy sifatlari toʻgʻrisida doimiy asosda faoliyat yurituvchi Komissiya aʼzosining axboroti tinglanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya sudya kadrlar boʻyicha taqdim etilgan materiallarni oʻrganish va suhbatlashish yoʻli bilan sudyalikka nomzodlarni tanlab oladi, ularning kasb mahorati darajasini, maʼnaviy fazilatlarini (halolligi va vijdonini sotmasligini), qobiliyatini, shuningdek, huquq sohasidagi tegishli tayyorgarligi va malakasini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudya kadrlarni tanlash va tavsiya etish boʻyicha Komissiya faoliyatini tashkil qilish reglament bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qaror majlisda ishtirok etayotgan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Nomzodga ovoz berish chogʻida Komissiya aʼzolaridan boshqa shaxslarning hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida quyidagi qarorlar qabul qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning taqdim etilgan sudyalik lavozimiga munosibligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning taqdim etilgan sudyalik lavozimiga nomunosibligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodning keyinchalik boʻsh lavozimga taqdim etish huquqi bilan sudyalik lavozimi zaxirasida qoldirilishi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimiga taqdim etilgan nomzodning hujjatlarini professional, axloqiy va shaxsiy fazilatlarini qoʻshimcha oʻrganish uchun qaytarib yuborish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarori xulosa tarzida rasmiylashtiriladi va majlisda qatnashgan Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi. Ovoz berish vaqtida ozchilikni tashkil qilgan Komissiya aʼzolari xulosani imzolaydilar, ularning alohida fikri majlis bayonnomasiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nomzodlarning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari lavozimlariga munosibligi toʻgʻrisida Komissiyaning xulosasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga koʻrib chiqish uchun kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyalarini saylash yoki tayinlash uchun Komissiya xulosasiga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari, harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlarining sudyalari lavozimiga nomzodlar xususida Komissiya oʻz xulosasiga asoslanib, ularni tayinlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Agar Komissiya nomzodni sudyalik lavozimiga nomunosib yoki uning hujjatlarini qoʻshimcha oʻrganish uchun qaytarib yuborish lozim degan xulosaga kelgan hollarda bir yil muddat oʻtgandan keyin ushbu masalaning takroran koʻrib chiqilishiga yoʻl qoʻyiladi. Bu haqda xulosaga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiyaning xulosasida Komissiyaning nomi, tarkibi va majlisning vaqti, masalasi koʻrib chiqilayotgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda uni taʼriflovchi boshqa maʼlumotlar, taqdimnomani (materiallarni) kiritgan organning nomi, shuningdek Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Materiallar toʻliq boʻlmagan hollarda, masalani xolisona yechish maqsadida Komissiya uni koʻrib chiqishni keyinga qoldirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiyaning ijroiya apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
A. Komissiya Kotibiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Komissiya Kotibiyati Komissiya faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash maqsadida tuziladi hamda oʻz faoliyatida Komissiyaga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Komissiya Kotibiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning malaka hayʼatlari tomonidan kelib tushadigan takliflarni hamda sudya kadrlar zaxirasiga kiritilgan, shuningdek, aniq lavozimga tavsiya etilgan har bir nomzodga oid hujjatlarni yigʻish, umumlashtirish va tahlil qilish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudya kadrlar boʻyicha statistik, shaxsiy hisobni va arxiv ishini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib tushgan hujjatlarning toʻliqligi va toʻgʻriligini tekshiradi hamda ularni koʻrib chiqish uchun Komissiyaga topshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyani zarur axborot-tahliliy hujjatlar bilan taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya topshirigʻiga asosan, sudyalar zaxirasini shakllantirish, ularni tanlash va lavozimlariga tavsiya etish masalalari boʻyicha sudyalarning malaka hayʼatlari faoliyatini oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Komissiya Kotibiyati oʻz faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Komissiya Kotibiyati Komissiyaga aʼzo boʻlgan rahbar va rahbar oʻrinbosari, shuningdek, toʻrt nafar yetakchi inspektordan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya Kotibiyati rahbari va rahbar oʻrinbosari oʻz lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya Kotibiyati oliy yuridik maʼlumoti boʻlgan va qoida tariqasida sudlarda ish staji uch yildan kam boʻlmagan xodimlardan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
B. Sud inspeksiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Sudlarni halol va malakali kadrlar bilan taʼminlash, sudyalarni kasb burchi va xizmat odob-axloq meʼyorlariga rioya qilishlarini taʼminlash maqsadida Komissiya huzurida sud inspeksiyasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud inspeksiyasi oʻz faoliyatida Komissiyaga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Sud inspeksiyasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning qasamyodga rioya etish holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik odob-axloqi buzilishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarning noqonuniy harakati ustidan shikoyatlarni oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalarni ularning maqomi, shaʼni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalik lavozimiga ilk bor koʻrsatilayotgan nomzodlarga taalluqli materiallarni tegishli organlar bilan birgalikda oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi vakolat muddatiga taqdim etilayotgan sudyalar nomzodi boʻyicha xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar korpusi barqarorligini taʼminlashga, sudyalarni lavozimga saylash, tayinlash va ozod etish boʻyicha qonunda belgilangan tartibni amalga oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan sudyalarga nisbatan tegishli choralarni qoʻllash toʻgʻrisida Komissiyaga takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Sud inspeksiyasi oʻz faoliyatini Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizom asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Sud inspeksiyasi Komissiyaga aʼzo boʻlgan rahbar va rahbar oʻrinbosari, shuningdek toʻrt nafar yetakchi inspektordan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud inspeksiyasi rahbari va rahbar oʻrinbosari oʻz lavozimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud inspeksiyasi oliy yuridik maʼlumoti boʻlgan va qoida tariqasida sudlarda ish staji besh yildan kam boʻlmagan xodimlardan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Sud inspeksiyasi xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda sudyalarning shaʼnini va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, kasbga oid sirni saqlashlari shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 12-13-son, 101-modda)