Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON YoShLARINING “KELAJAK OVOZI” RESPUBLIKA TANLOVINI HAR YILI OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” fondi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi tomonidan 2005-yilda tashkil etilgan “Kelajak ovozi” tanlovi mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashaydigan talantli va iqtidorli yoshlarni aniqlashga, ular uchun ilm-fan, sanʼat, zamonaviy texnologiyalar sohasidagi salohiyatni namoyon qilishda yangi imkoniyatlar yaratishga yoʻnaltirilgan edi.
Oʻtkaziladigan “Kelajak ovozi” tanlovini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati anjumani” jamgʻarmasi hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kelajak ovozi” tanlovini har yili oʻtkazish hamda unga respublika maqomini berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Tanlov tashkilotchilari tomonidan Oʻzbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda jamoatchilik kengashi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, oʻquv yurtlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar yoshlarning keng ishtirok etishi uchun tegishli shart-sharoitlarni, nomzodlarni sifatli va xolisona tanlashga koʻmaklashishni taʼminlasinlar, shuningdek Oʻzbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etishda aniq yordam koʻrsatsinlar.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari joylarda tanlovni oʻtkazishda, qatnashchilarni tanlashda, finalistlarning final bosqichiga borishini tashkil etishda, shuningdek tanlov boʻyicha saralab olishni hamda mukofotlash tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalarni hal etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
5. Jamoatchilik birlashmalari, vazirliklar va idoralarning tanlov qatnashchilarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, tanlov gʻoliblari loyihalarini joriy etish boʻyicha kelgusidagi ishlar uchun 2-ilovaga muvofiq otaliq tashkilotlari roʻyxati yuzasidan taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
6. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashining tanlovni tashkiliy-moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mablagʻlari hisobiga shtatlari soni besh nafardan iborat boʻlgan tanlov ijro etuvchi direksiyasini shakllantirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
7. Quyidagilarga:
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga — tanlovni oʻtkazishda homiylik yordami koʻrsatish;
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga — Oʻzbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini oʻtkazishni keng yoritish tavsiya qilinsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-mart,
45-son
Oʻzbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha jamoatchilik kengashi
TARKIBI
| G. I. Karimova | — | “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” fondi homiylik kengashi raisi, Jamoatchilik kengashi raisi |
| N. Abdullayeva | — | Oʻzbekiston xalq artisti |
| Akmal Nur | — | Oʻzbekiston xalq rassomi, akademik |
| R. Axliddinov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari |
| Sh. Gʻulomov | — | Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi |
| Oʻ. Joʻrayev | — | Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi bosh di�ektorining birinchi oʻrinbosari |
| R. S. Qosimov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
| S. Qosimov | — | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori |
| T. Qoʻziyev | — | Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi |
| K. Quronboyev | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari |
| M. Quronov | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining oʻrinbosari |
| M. Mirzo | — | Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari |
| D. Murodova | — | Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi rektori |
| F. Roʻziyev | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining oʻrinbosari |
| B. Ubaydullayev | — | “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi |
| M. Fozilov | — | Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi aʼzosi, Xalqaro dizaynyerlar uyushmasi raisi |
| B. Sharofov | — | “Oʻzbekiston madaniyati va sanʼati forumi” fondi ijro etuvchi direktori |
Oʻzbekiston yoshlarining “Kelajak ovozi” respublika tanlovi nominatsiyalari boʻyicha birkitilgan otaliq tashkilotlar roʻyxati
1. Badiiy va amaliy sanʼat
(haykaltaroshlik, dizayn, xalq amaliy sanʼati, hunarmandchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik sanʼati)
— Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi
— K. Behzod nomidagi rassomchilik va dizayn milliy instituti
— Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy birlashmasi
— Respublika badiiy kolleji
— Xalqaro madaniyat karvonsaroyi
2. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
(yangi kompyuter dasturlari yaratish, veb-dizayn, telekommunikatsiyalar)
— Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
— Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
— Oʻzbekiston Milliy universiteti
— Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi
3. Ratsionalizatorlik takliflar, texnik loyihalar va ishlanmalar
(texnik dasturlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar, ratsionalizatorlik takliflar, talabalarning ilmiy ishlari)
— Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
— Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
— Respublika bolalar ijodiyoti uyi
— Toshkent davlat texnika universiteti
4. Ijtimoiy loyihalar va biznes-rejalar
(ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan loyihalar, biznes-rejalar, ijtimoiy muammolarni hal etish boʻyicha loyihalar, yoshlarni birlashtirishga yoʻnaltirilgan loyihalar)
— Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti
— “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi
— Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi – tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati
— Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
— Oʻzbekiston ishbilarmon ayollar uyushmasi
5. Badiiy ijod
(proza, publitsistika, poeziya, dramaturgiya, musiqa, televizion va radiojurnalistika, matbuot)
— Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi
— Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi
— Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi
— Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi
— Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti
6. Arxitektura va dizayn
(arxitektura inshootlarini loyihalash, shaharsozlik, meʼmoriy bezash, kiyimlar va binolar dizayni, interyer dizayni, obodonlashtirish)
— Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi
— Toshkent arxitektura-qurilish instituti
— Oʻzbekiston Dizaynyerlar uyushmasi
— “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi
— Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining Respublika dizayn kolleji
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 11-son, 86-modda ; 2011-y., 36-son, 367-modda)