Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDA FAOLIYAT KOʻRSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT BOJI MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA” 2001 YIL 24 OKTYABRDAGI 421-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat koʻrsatish huquqi uchun davlat boji miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-oktabrdagi 421-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 10-son, 57-modda, 11-12-son, 64-modda) ilovadagi izohga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
a) ikkinchi xatboshining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlarda toʻlanishi mumkin”;
b) toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 22-fevral,
29-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 8-son, 53-modda)