21.09.2005 yildagi PQ-186-son
1-ilovaga* muvofiq faoliyat turlarini amalga oshirish uchun litsenziyalar cheklanmagan muddatga beriladi, shu bilan birga tegishli faoliyat turlarini amalga oshirish uchun avval berilgan litsenziyalar cheklanmagan muddatga berilgan deb hisoblanadi;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2-ilovada* ko‘rsatilgan faoliyat turlariga litsenziya berish vazifalari tegishli davlat boshqaruv organlari zimmasiga yuklatiladi.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyadan chiqarish davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining 2005-yil 1-oktabrdan boshlab 3-ilovaga* muvofiq tadbirkorlik faoliyatini yuritishda bir-birini takrorlaydigan va ortiqcha ruxsatnomalar berish tartib-qoidalarini bekor qilish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.