Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 06.02.2006 yildagi 14-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QURILISHDA MUHANDISLIK QIDIRUVLARI, GEOAXBOROT VA SHAHARSOZLIK KADASTRI DAVLAT INSTITUTINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri sohasida yagona texnika siyosatini ta’minlash, tarmoq geofondini yuritish hamda iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish ma’lumotlari davlat bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi hamda “O‘zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyatining O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi huzurida “O‘zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutini birlashtirish yo‘li bilan, davlat unitar korxonasi shaklida Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat institutini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar “O‘zGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
(2-band birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-texnik qidiruvlar, geoaxborot va davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnika siyosatini yuritish bo‘yicha bosh tashkilot funksiyalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini shaharsozlik geoaxborotlari bilan ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanishni ta’minlash uchun muhandislik qidiruvlari bajarilishi monitoringini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari turli tashkilotlar tomonidan bajarilgan muhandislik-texnik qidiruvlar materiallarini kelgusida ulardan samarali foydalanish uchun jamlash, turkumlash va arxivga joylash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini tashkil etish va yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning buyurtmalari bo‘yicha, shartnoma asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida binolar va inshootlardan foydalanishning ishonchliligi bo‘yicha muhandislik-texnik qidiruvlar, tadqiqotlar o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasining markaziy apparati va shu’ba korxonalarini, shuningdek uning hududiy bo‘linmalarini ilgari egallab turgan binolariga joylashtirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasi “O‘zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar institutining huquqiy vorisi hisoblanadi;
(5-band ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zGASHKLITI” DUK davlat unitar korxonasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini hamda davlat shaharsozlik kadastrini tashkil etish va yuritish bo‘yicha bajariladigan ishlar O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hisob-kitoblariga binoan, Moliya vazirligi bilan kelishgan holda davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslardan “O‘zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarini, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga, bozor narxi bo‘yicha sotib olishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini tashkil qilish bilan bog‘liq masalalarni hal etish uchun 5-ilovaga muvofiq tarkibda komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ikki oy muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishni, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston muhandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Toshkenttadqiqot” Toshkent davlat muhandislik-texnik qidiruvlar instituti asosiy fondlarini Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi balansiga berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi ustavini ishlab chiqish va tasdiqlashni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasida muhandislik-texnik qidiruvlar elektron geofondini yuritish tartibi to‘g‘risidagi hamda muhandislik-texnik qidiruvlarni bajarish sifati ustidan texnik nazorat xizmati to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
6-fevraldagi 14-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishda muxandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri davlat instituti davlat unitar korxonasi faoliyatini tashkil etish komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

Xanov N.M. —‎

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, komissiya raisi

Zakirov B.E. —‎ Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
Yakovlev I. G. —‎ Davlat mulki qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
Alixo‘jayev O.S —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-taxlil departamenti bosh mutaxassisi
Rozuqulov U. U. —‎‎ Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari
Abduraxmanov M. S. —‎‎ Moliya vazirining o‘rinbosari
Kanyazov E. S. —‎‎ Adliya vazirining o‘rinbosari
Alimuxamedov B. B. —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari
Abduazizov A. A. —‎‎ Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi
Usmonov R. J. —‎‎ Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari
Axmedov I. S. —‎‎ “O‘zbekiston muxandislik-texnik qidiruvlar bosh instituti” ochiq aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi
Magrupov Yu. D. — ‎ “Toshkenttadqiqot” instituti direktori
Shonazarov Sh. T. — ‎ “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining Arxitektura va shaharsozlik boshqarmasi boshlig‘i, komissiya kotibi
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 33-modda; 2008-y., 24-25-son, 223-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda, 31-son, 781-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)