Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022 21.01.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1542
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BUYRUGʻI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QAYTA TAShKIL ETILAYOTGAN QIShLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVLARI (ShIRKATLARI)NING BOGʻ VA UZUMZORLARINI SOTISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 21-yanvarda 1542-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2022-yil 29-martdagi 75-sonli ““Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1542-1, 14.04.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son Farmoni va 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtganidan keyin amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari A.Joʻrayev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining
2006-yil 18-yanvardagi 13-son buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini sotish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning, shu jumladan meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini fermer xoʻjaligi yuritish uchun sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning mol-mulk va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazish hamda yer fondini qayta taqsimlash loyihasini (sxemasini) ishlab chiqish belgilangan tartibda tashkil etilgan Qishloq xoʻjaligi korxonasini fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — Maxsus komissiya) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-son qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bogʻ va uzumzorlari mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarida kompleks xatlovdan oʻtkazish hamda yer fondini qayta taqsimlash loyihasini (sxemasini) ishlab chiqish jarayonida quyidagilar amalga oshirilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻ va uzumzorlar joylashgan yer uchastkalari va ekin maydonlari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida foydalanishga yaroqsiz boʻlgan bogʻlar va uzumzorlar joylashgan yer uchastkalari aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻ va uzumzor joylashgan yer uchastkasi chegaralari (keyingi oʻrinlarda — loyiha) shakllantiriladi hamda har bir loyihada joylashgan bogʻ va uzumzorlarning balans qiymati aniqlanadi. Bogʻ va uzumzorlar joylashgan loyihalarni shakllantirishda yer maydonining butunligi (yaxlitligi) buzilmasligi, biroq har bir loyihaning maydoni 1 gektardan kam boʻlmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekin maydonlari loyihalari shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashmagan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulk va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazish jarayonida tegishli loyihada joylashgan bogʻ va uzumzorlar kelgusida foydalanishga yaroqsiz boʻlsa, Maxsus komissiya tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi bilan birgalikda mazkur loyihadagi yer uchastkasini ekin maydoni sifatida tanlovga qoʻyish toʻgʻrisida tuman hokimiga taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning ekin maydonlarida tashkil etiladigan fermer xoʻjaliklari Maxsus komissiyalar tomonidan ochiq va oshkora tanlov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi, ularning natijalariga koʻra, boshqa teng shartlar boʻlgani holda, mazkur uchastkada oilaviy pudrat asosida ishlagan shirkat aʼzolariga gʻoliblik huquqi beriladi. Mazkur tanlovlar Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 1523, 2005-yil 19-noyabr) talablariga qatiy rioya etgan holda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari) ning bogʻ va uzumzorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-son farmoniga muvofiq, kimoshdi savdolari orqali sotiladi, savdolarda mazkur sohada muayyan ish staji va malakalariga ega boʻlgan daʼvogarlarning ishtirok etishlariga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-yanvardagi PQ-255-son qaroriga muvofiq, qishloq xoʻjaligi kooperativlari(shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlari mazkur qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning umumiy yigʻilishi qarori bilan faqat shirkat paychilari va aʼzolari oʻrtasida oʻtkaziladigan yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kimoshdi savdolari auksion shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning umumiy yigʻilishi bir talabgorga sotilishi mumkin boʻlgan bogʻ va uzumzor sonini cheklashi mumkin. Mazkur cheklov shirkat aʼzolari va paychilarining soni hamda mavjud bogʻ va uzumzorlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi, biroq 2 ta bogʻ va uzumzordan koʻp boʻlmasligi lozim. Mazkur cheklov kimoshdi savdolariga eʼlon berishdan oldin umumiy yigʻilish qarori bilan qabul qilinadi hamda barcha bogʻ va uzumzorlar boʻyicha kimoshdi savdolari yakunlangunga qadar oʻzgarmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Kimoshdi savdolarini tashkil etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning mol-mulk va yer uchastkalarini kompleks xatlovdan oʻtkazilgandan hamda yer fondini qayta taqsimlash loyihasi (sxemasi) ishlab chiqilgandan soʻng Maxsus komissiya kimoshdi savdosini oʻtkazish kunidan kamida bir oy oldin kimoshdi savdosi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar eʼlon shaklida berilib, erkin tanishish imkonini yaratgan holda, qoida tariqasida, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) ning binosiga osib qoʻyiladi. Eʼlonni qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkatining) barcha bogʻ va uzumzorlari boʻyicha kimoshdi savdolari yakunlangunga qadar olib qoʻyish qatiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq kimoshdi savdosi oʻtkazilgan taqdirda, eʼlon qoʻshimcha ravishda mahalliy ommaviy axborot vositalarida ham berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosini oʻtkazish sanasi (boshlanish soatini koʻrsatgan holda) va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir talabgorga sotilishi mumkin boʻlgan bogʻ va uzumzor soniga nisbatan umumiy yigʻilish tomonidan oʻrnatilgan cheklov;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosining shakli (ochiq yoki yopiq auksion) hamda mazkur Nizomning 4 va 29-bandi talablariga muvofiq kimoshdi savdosida qatnashishi mumkin boʻlgan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — talabgor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati va ularni qabul qilishni toʻxtatilish sanasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosiga qoʻyilayotgan bogʻ va uzumzorlarning boshlangʻich narxi (ular joylashgan loyihani koʻrsatgan holda). Bunda, bogʻ va uzumzorning balans qiymati Maxsus komissiya tomonidan boshlangʻich narx etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun toʻlanadigan zakalat puli miqdori, muddati va tartibi, shu jumladan zakalat puli oʻtkazilishi lozim boʻlgan bank hisobraqami rekvizitlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosi yakunlariga koʻra oʻzaro hisob-kitob qilish tartibi hamda tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan talabgorga tegishli bogʻ va uzumzor joylashgan yer uchastkasi fermer xoʻjaligi yuritish uchun uzoq muddatli ijaraga berilishi hamda mazkur yer uchastkasining maydoni va ball-bonitetiga mutanosib ravishda tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi koopertivi (shirkati)ning aktiv va passivlari taqsimlanishi toʻgʻrisida axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biron bir loyihada joylashgan bogʻ va uzumzorga oʻtkaziladigan yopiq kimoshdi savdosiga qatnashish uchun talabgorlar boʻlmaganligi yoki unda faqat bitta talabgor qatnashganligi sababli kimoshdi savdosi oʻtkazilmagan taqdirda, savdoni oʻtkazish bir hafta muddatga kechiktirilishi toʻgʻrisidagi axborot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Zakalat puli miqdori Maxsus komissiya tomonidan har bir loyihada joylashgan bogʻ va uzumzor boʻyicha aniq belgilanadi, biroq tegishli bogʻ va uzumzor boshlangʻich narxining 10 foizidan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zakalat puli qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkatining) tugatish hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd pulda toʻlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yopiq kimoshdi savdosida qatnashish uchun talabgor Maxsus komissiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida ishtirok etish haqidagi ikki nusxada ariza. Arizada loyiha raqami aniq koʻrsatilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan miqdorda zakalat puli toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)da aʼzolikni tasdiqlovchi hujjatlar. Shirkat xoʻjaligining taʼsis yigʻilishida tasdiqlangan aʼzolar tarkibi roʻyxati nusxasi (yoki aʼzolikka qabul qilish toʻgʻrisidagi umumiy yigʻilish qarori nusxasi) hamda mazkur aʼzo aʼzolikdan chiqmaganligini tasdiqlovchi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning maʼlumotnomasi aʼzolikni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) aʼzolarining birinchi talabiga binoan bir kundan kechiktirmay aʼzolikni tasdiqlovchi hujjatlarni berishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning mulkiy payga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar kimoshdi savdosida talabgorning vakili qatnashsa, mazkur vakilga kimoshdi savdosida talabgor nomidan qatnashish huquqini beruvchi ishonchnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Talabgor faqat bitta loyihada joylashgan bogʻ va uzumzorlarning kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya raisi va kotibi kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza taqdim etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kimoshdi savdosida qatnashish uchun hujjatlarni qabul qilish kimoshdi savdosi oʻtkazishga 2 soat qolganda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Maxsus komissiya kotibi tomonidan qabul qilinadi. Maxsus komissiya kotibi arizaning ikkinchi nusxasini qabul qilingan hujjatlar roʻyxati va sanasini koʻrsatgan holda imzolaydi va talabgorga qaytarib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus komissiya talabgorga hujjatlarni qabul qilishni rad etishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maxsus komissiya tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda Kimoshdi savdosida qatnashish uchun taqdim etilgan arizalarni roʻyxatga olish kitobi yuritiladi. Mazkur kitob tikilgan, raqamlangan va qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkatining) muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. Maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan barcha arizalar mazkur kitobda roʻyxatga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maxsus komissiya kotibi kimoshdi savdosida qatnashish istagini bildirgan talabgorlarga kimoshdi savdosida qatnashish uchun taqdim etiladigan hujjatlarni toʻldirish va rasmiylashtirishda amaliy yordam berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus komissiya ariza qabul qilingan kuniyoq talabgorga bogʻ va uzumzor joylashgan loyiha hamda talabgorning maxsus raqami koʻrsatilgan chipta beradi hamda bu toʻgʻrida talabgor tomonidan Kimoshdi savdosida qatnashish uchun taqdim etilgan arizalarni roʻyxatga olish kitobida tegishli imzo qoʻyiladi. Shuningdek, talabgorga kimoshdi savdosi davomida foydalanish uchun maxsus raqam belgisi beriladi va u auksion yakunlangandan soʻng talabgor tomonidan qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda Maxsus komissiya tomonidan kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bergan shaxsga unda ishtirok etish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bergan shaxs qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkatining) aʼzosi yoki paychisi boʻlmasa, shu jumladan boshqa qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkatining) aʼzosi yoki paychisi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun hujjatlar ularni qabul qilish rasman toʻxtatilgandan soʻng taqdim etilsa yoki agar biron bir bogʻ va uzumzor boʻyicha mazkur Nizomning 28-bandi talablari asosida kimoshdi savdosi kechiktirilgan boʻlsa, mazkur bogʻ va uzumzor boʻyicha oʻtkaziladigan kimoshdi savdosi boshlangunga qadar 2 soatdan kam vaqt qolganda taqdim etilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor mazkur Nizomning 10 va 30-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza mazkur Nizomning 11 va 29-bandlari talablariga zid ravishda taqdim etilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga koʻra kimoshdi savdosida qatnashishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdosida qatnashish rad etilganligi toʻgʻrisida Maxsus komissiya tomonidan, ariza qabul qilingan kuniyoq, rad etish asoslarini koʻrsatgan holda yozma xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizomning 10 va 30-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganligi sababli tanlovda qatnashish rad etilgan talabgor hujjatlar taqdim etishning oxirgi kuniga qadar tegishli kamchiliklarni bartaraf qilgan holda qaytadan hujjatlarni taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor kimoshdi savdosi oʻtkazilgunga qadar oʻz arizasini yozma murojaati asosida qaytarib olishi mumkin. Bunda, talabgor tomonidan toʻlangan zakalat puli Maxsus komissiya tomonidan murojaat kelib tushgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmay talabgorga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Auksionni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Auksion eʼlonda belgilangan vaqtda, qoida tariqasida, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkatining) binosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksionda talabgordan tashqari boshqa shaxslar, shu jumladan qishloq fuqarolar yigʻini va Jamoatchilik kengashi vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Auksion Maxsus komissiya tomonidan oʻtkaziladi. Buning uchun Maxsus komissiya aʼzolari orasidan auksionchini belgilaydi. Auksionni oʻtkazishga tegishli malakaga ega boʻlgan auksionchi jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Auksion har bir loyihada joylashgan bogʻ va uzumzor (keyingi oʻrinlarda — auksion obyekti)ga alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, dastlab auksion boshlangʻich narxi eng yuqori boʻlgan auksion obyekti boʻyicha oʻtkaziladi, keyingi auksion obyektlari boʻyicha esa ularning boshlangʻich narxi kamayib borishiga qarab ketma-ketlikda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir auksion obyekti boʻyicha auksionda faqat ushbu auksion obyekti boʻyicha ariza bergan talabgor ishtirok etishga haqli, mazkur bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq auksion davomida auksionda gʻolib chiqmagan talabgor to boshqa auksion obyekti boʻyicha gʻolib chiqqunga qadar keyingi auksion obyekti (obyektlari) boʻyicha ham auksionlarda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, auksionda gʻolib chiqmagan talabgordan keyingi auksion obyekti boʻyicha auksionda ishtirok etish uchun qoʻshimcha zakalat puli toʻlash talab etilmaydi. Talabgor tomonidan avval toʻlangan zakalat puli keyingi auksion obyekti boʻyicha zakalat puli sifatida tan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar mazkur Nizomning 6-bandi talablariga muvofiq, umumiy yigʻilish tomonidan cheklov 2 ta bogʻ va uzumzor qilib belgilangan boʻlsa, yopiq auksion davomida auksionda gʻolib chiqmagan talabgor 2 ta auksion obyekti boʻyicha gʻolib chiqqunga qadar keyingi auksion obyekti (obyektlari) boʻyicha ham auksionlarda ishtirok etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu holda, bitta auksion obyekti boʻyicha yopiq auksionda gʻolib chiqqan talabgor keyingi auksion obyekti boʻyicha ham auksionda ishtirok etish istagini bildirsa, mazkur talabgor keyingi auksion obyekti boʻyicha auksion boshlangunga qadar tegishli zakalat pulini toʻlashi shart. Bunday talabgorlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Maxsus komissiya zakalat pulini qabul qilish va uni toʻlanganligini tasdiqlovchi kassa hujjatini berish uchun qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) xazinachisi (hisobchisini) auksion davomida doimiy hozir boʻlishini hamda har bir auksion obyekti boʻyicha auksion oldingi auksion obyektiga auksion yakunlangandan soʻng, qoida tariqasida, yarim soatdan soʻng boshlanishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Har bir auksion obyekti boʻyicha auksion boshida auksionchi auksionda ishtirok etayotgan talabgorlar va ularning maxsus raqam belgisini, auksion obyekti va uning boshlangʻich narxini hamda auksion qadamini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion qadami Maxsus komissiya tomonidan belgilanadi va auksion obyekti boshlangʻich narxining 5 foizidan kam, lekin 10 foizidan yuqori boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Auksionchi faqat quyidagi talabgorlarni auksionda ishtirok etayotgan talabgorlar sifatida eʼlon qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) tegishli auksion obyektiga kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bergan talabgorni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) oldingi oʻtkazilgan auksion obyekti (obyektlari) boʻyicha auksionda gʻolib chiqmagan, lekin keyingi auksionda ham ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oldingi oʻtkazilgan faqat bitta auksion obyekti boʻyicha auksionda gʻolib chiqqan talabgorlarni, agar mazkur Nizomning 6-band talablariga muvofiq, umumiy yigʻilish tomonidan cheklov 2 ta bogʻ va uzumzor qilib belgilangan boʻlsa hamda ushbu talabgor eʼlon qilinayotgan auksion obyekti boʻyicha belgilangan zakalat pulini toʻlagan va buni tasdiqlovchi kassa hujjatini Maxsus komissiyaga taqdim etgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Auksion narxning oʻsib borishi tartibida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, auksionchi dastlab boshlangʻich narxdan keyingi birinchi qadamdagi narxni eʼlon qiladi va birinchi boʻlib oʻz maxsus raqam belgisini koʻtargan talabgorni koʻrsatadi. Boshqa talabgorlar tomonidan ham maxsus raqam belgisi koʻtarilgan taqdirda, auksionchi tegishli qadamga muvofiq keyingi narxni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion shu tarzda eng yuqori narxni taklif qilgan talabgorni aniqlagunga qadar davom etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taklif qilingan eng yuqori narx uch marta takrorlagandan soʻng ham ishtirokchilardan birortasi oʻz raqam belgisini ushbu narxga koʻtarmasa, kimoshdi savdosi yakunlanadi va auksionchi tomonidan qaysi talabgorning maxsus raqam belgisi oxirgi marta eʼlon qilingan boʻlsa, ana shu talabgor kimoshdi savdosining gʻolibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion yakunida auksionchi bogʻ va uzumzorning sotilganligini, sotuv narxini va gʻolibning raqamini eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yopiq auksion yakunida auksionchi gʻolib chiqmagan talabgorlar keyingi auksion obyekti (obyektlari) boʻyicha auksionda ishtirok etishi mumkinligini hamda (agar mazkur Nizomning 6-bandi talablariga muvofiq, umumiy yigʻilish tomonidan cheklov 2 ta bogʻ va uzumzor qilib belgilangan boʻlsa) faqat bitta auksion obyekti boʻyicha gʻolib chiqqan talabgorlar keyingi auksion obyekti boʻyicha tegishli zakalat pulini toʻlagan holda ishtirok etishi mumkinligini qoʻshimcha ravishda eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Auksionda gʻolib chiqqan talabgor hamda Maxsus komissiya raisi va aʼzolari auksion oʻtkazilgan kuni auksion natijalari toʻgʻrisida 3 nusxada bayonnoma imzolaydilar, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnomaning bir nusxasi auksionda gʻolib chiqqan talabgorga beriladi, ikkinchi nusxasi yer uchastkasi ajratish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun belgilangan tartibda tuman hokimiga yuboriladi, uchinchi nusxasi kimoshdi savdosiga oid hujjatlar yigʻma jildiga tikiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar auksionda gʻolib chiqqan talabgor bayonnomani imzolashdan bosh tortsa, kimoshdi savdosi qaytadan eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi hamda talabgor toʻlagan zakalat pulidan mahrum boʻladi. Bunda, agar bayonnomani imzolashdan yopiq auksionda gʻolib chiqqan talabgor bosh tortgan boʻlsa, qayta eʼlon qilingan kimoshdi savdosi ham albatta yopiq auksion shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Auksion gʻolibi auksion obyekti uchun taklif qilgan summani 15 bank ish kuni ichida tugatish hisob-raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan yoki naqd pul bilan toʻlashi shart. Bunda talabgor tomonidan toʻlangan zakalat summasi auksion obyekti uchun toʻlovni amalga oshirishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auksion gʻolibi toʻlov boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kimoshdi savdosi qaytadan eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi. Oʻzining majburiyatini bajarmagan gʻolib kimoshdi savdosida qatnashish uchun toʻlagan zakalat pulidan mahrum boʻladi. Bunda, agar oʻz majburiyatlarini yopiq auksionda gʻolib chiqqan talabgor bajarmagan taqdirda, qayta eʼlon qilingan kimoshdi savdosi ham albatta yopiq auksion shaklida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Agar biron bir loyihada joylashgan bogʻ va uzumzorga oʻtkaziladigan yopiq kimoshdi savdosiga qatnashish uchun talabgorlar boʻlmasa yoki unda faqat bitta talabgor qatnashsa, auksion oʻtkazilmagan hisoblanadi va uni oʻtkazish Maxsus komissiya qarori bilan bir hafta muddatga kechiktiriladi. Ushbu auksionda quyidagilar qatnashishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bergan, biroq oʻtkazilgan kimoshdi savdolarining hech birida gʻolib chiqmagan talabgorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bergan, biroq faqat bitta auksion obyekti boʻyicha oʻtkazilgan auksionda gʻolib chiqqan talabgorlar, agar mazkur Nizomning 6-band talablariga muvofiq, umumiy yigʻilish tomonidan cheklov 2 ta bogʻ va uzumzor qilib belgilangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza bermagan va ishtirok etmagan, biroq kechiktirilgan auksion boshlangungacha 2 soat qolgunga qadar auksionda qatnashish uchun mazkur Nizom talablariga muvofiq barcha hujjatlarni taqdim etgan qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning aʼzolari va paychilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirilgan auksion mazkur Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Agar ushbu auksionda ham qatnashish uchun talabgorlar boʻlmasa yoki bitta talabgor qatnashsa, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) umumiy yigʻilishining qarori bilan mazkur bogʻ va uzumzorni ochiq kimoshdi savdosida sotish toʻgʻrisida eʼlon berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bogʻ va uzumzorlarni ochiq kim oshdi savdosida sotish mazkur sohada muayyan ish staji va malakalariga ega boʻlgan har qanday shaxslar oʻrtasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ochiq kimoshdi savdosida talabgor qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning faqat bitta loyihasida joylashgan bogʻ va uzumzor boʻyicha kimoshdi savdosida qatnashish uchun ariza taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)ning 2 ta loyihasida joylashgan bogʻ va uzumzorlar boʻyicha oʻtkazilgan kimoshdi (shu jumladan yopiq kim oshdi) savdolarida gʻolib chiqqan talabgorlar mazkur ochiq kimoshdi savdosida ishtirok etishga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ochiq kimoshdi savdosida ishtirok etish istagini bildirgan shaxs savdoda qatnashish uchun Maxsus komissiyaga bogʻdorchilik va uzumchilik sohasida ish staji va malakasini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasini hamda mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi shart (10-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hujjatlar meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida ish staji va malakani tasdiqlovchi hujjatlar sifatida tan olinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) yoki boshqa qishloq xoʻjaligi korxonasida kamida 1 yil muddat davomida ishlaganligi (ishlayotganligi) koʻrsatilgan mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorning 1 yildan ortiq muddat davomida ijara, pudrat yoki mehnat shartnomalari asosida bogʻ va uzumzorlarni yaratish, parvarishlash va saqlash bilan bogʻliq ishlarni bajarganligini tasdiqlovchi tegishlicha ijara shartnomasi, pudrat shartnomasi yoki mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida mutaxassislikni tasdiqlovchi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida ish staji va malakani tasdiqlovchi boshqa hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ochiq kimoshdi savdosida talabgorlar faqat ariza bergan auksion obyektlari boʻyicha auksionda qatnashishi mumkin va bunday auksionni oʻtkazishda mazkur Nizomning 24-bandi talablari tadbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Quyidagi hollarda kimoshdi savdosi Maxsus komissiyaning qaroriga muvofiq qaytadan eʼlon qilinadi va oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) kimoshdi savdosi qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdosini haqiqiy emas deb topilishi uning natijasi toʻgʻrisida tuzilgan bayonnomaning haqiqiy emasligiga sababchi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kimoshdi savdosida qatnashish uchun toʻlangan zakalat puli Maxsus komissiya tomonidan quyidagi muddatlarda va tartibda qaytariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimoshdi savdosida qatnashish rad etilgan shaxslarga — rad etilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochiq kimoshdi savdosida gʻolib chiqmagan talabgorlarga — auksion oʻtkazilgan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopiq kimoshdi savdosida gʻolib chiqmagan talabgorlarga — qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati) ning eng oxirgi bogʻ va uzumzori boʻyicha oʻtkazilgan auksion kunidan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar auksion mazkur Nizomning 28-bandi talablariga muvofiq kechiktirilgan boʻlsa, lekin mazkur auksionda ham talabgorlar boʻlmaganligi yoki faqat bitta talabgor qatnashganligi sababli qayta kimoshdi savdosi eʼlon qilingan boʻlsa — qayta kimoshdi savdosi oʻtkazish toʻgʻrisida Maxsus komissiya qarori qabul qilingan kundan boshlab uch bank ish kunidan kechiktirmay. Bunda, talabgorning yozma murojaatiga koʻra, mazkur zakalat puli qaytarilmasdan, keyingi kimoshdi savdosi hisobiga qabul qilinishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naqd pul koʻrinishida toʻlangan zakalat puli naqd pulda, pul oʻtkazish yoʻli bilan toʻlangan zakalat puli esa pul oʻtkazish yoʻli bilan qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Bogʻ va uzumzorlar joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni hamda ijaraga olish shartnomasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan talabgor bogʻ va uzumzor uchun toʻlovni toʻliq toʻlaganidan soʻng Maxsus komissiya keyingi kundan kechiktirmay kimoshdi savdosi natijasi toʻgʻrisidagi bayonnomani bogʻ va uzumzor joylashgan yer uchastkasini fermer xoʻjaligi yuritish uchun berish toʻgʻrisida qaror chiqarish uchun tuman hokimiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimi uch kun mobaynida fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish toʻgʻrisida qaror chiqaradi va uch kun muddatda ushbu qarorni hamda kimoshdi savdosi natijasi toʻgʻrisidagi bayonnomaning bir nusxasini viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini koʻrib chiquvchi viloyat komissiyasiga tasdiqlash uchun yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bogʻ va uzumzorlar joylashgan yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini rasmiylashtirish va roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrdagi 476-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijara shartnomasida fermer xoʻjaligining quyidagi majburiyatlari albatta nazarda tutilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud ixtisoslashuvni saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bogʻ va uzumzorlardan, shuningdek ajratilgan limit boʻyicha suv resurslaridan oqilona foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkatining) bogʻ va uzumzorlarini kimoshdi savdosida sotish bilan bogʻliq barcha hujjatlar Fermer xoʻjaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov gʻolibini aniqlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (2005-yil 19-noyabr, roʻyxat raqami 1523) da belgilangan tartibda alohida yigʻma jildlarda yuritiladi va saqlanadi. Ularda kimoshdi savdosiga berilgan eʼlon, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar, auksion natijasi toʻgʻrisidagi bayonnomaning bir nusxasi hamda kimoshdi savdosini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlar tikilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Bogʻ va uzumzorlarni kimoshdi savdosida sotishdan tushgan mablagʻlar, eng avvalo, tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning kreditorlik qarzini uzishga yoʻnaltiriladi, mablagʻlarning qolgan qismi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkati)ning paychilari oʻrtasida ularning paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi va “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” Xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulk qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” Xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi A. AYuPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 18-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi
kooperativlari(shirkatlari)ning bogʻ va uzumzorlarini
sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kimoshdi savdosida qatnashish uchun taqdim etilgan arizalarni roʻyxatga olish kitobi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
№‎ Ariza bergan shaxsning F.I.Sh.‎ Loyiha raqami‎ Bogʻ va uzumzorning boshlangʻich narxi‎ Kimoshdi savdosiga eʼlon berilgan sana‎ Arizani qabul qilingan sanasi‎ Zakalat summasi va uni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi toʻlov hujjati raqami va sanasi‎ Chipta va maxsus raqamli belgini berilganligi sanasi va talabgor imzosi‎ Kimoshdi savdosida qatnashish rad etilganligi toʻgʻrisidagi xat raqami va sanasi‎ Auksion oʻtkazilgan kun‎ Auksion natijasi (gʻolib chiqdi yoki gʻolib chiqmadi) hamda gʻolib chiqqan loyiha raqami‎ Bogʻ va uzumzor uchun toʻlangan summa va toʻlov hujjati sanasi va raqami‎ Yer uchasttkasi ajratish uchun tuman hokimiga yuborish sanasi‎ Boshqa maʼlumotlar*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Boshqa maʼlumotlar satrida zakalat pulini qaytarishga doir (toʻlov hujjati sanasi va raqamini koʻrsatgan holda), kimoshdi savdosini kechiktirishga va qayta oʻtkazishga doir (qayta oʻtkazish asoslarini koʻrsatgan holda) hamda kimoshdi savdosini oʻtkazishga oid boshqa barcha maʼlumotlar koʻrsatilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 4-5-son, 30-modda)