Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 18.02.2004 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QarorI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘ZBEKQOG‘OZSANOAT” UYuShMASINI TUGATISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo‘jalik boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF-3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasi muassislari umumiy yig‘ilishida uyushmani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishchi komissiya “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bog‘liq chora-tadbirlar kompleksini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasi majburiyatlari “O‘zbek qog‘ozi” aksiyadorlik jamiyatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasi tugatilishi munosabati bilan bo‘shab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbek qog‘ozi” aksiyadorlik jamiyati aksiyalari paketlarining davlat ulushini professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga tender asosida belgilangan tartibda berilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining “Respublika qog‘oz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 20-iyundagi 257-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 18-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 18-fevraldagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasini tugatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ishchi komissiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Usmonov M.Z.‎ —‎ Bosh vazir o‘rinbosari, ishchi komissiya rahbari‎
Umarov M.M.‎ —‎ “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi‎
Nabiyev U.N.‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo kompleksi kotibiyati mudiri‎
Gadoyev Z.F.‎ —‎ Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari‎
Ibrohimov Sh.G‘.‎ —‎ Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari‎
Abdurahmonov M.S.‎ —‎ Moliya vazirining o‘rinbosari‎
Sodiqov X.M.‎ —‎ Adliya vazirining o‘rinbosari‎
Alimuhamedov B.B.‎ —‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining o‘rinbosari‎
Yo‘ldoshev A.Sh.‎ —‎ Davlat mulki qo‘mitasining xususiylashtirish, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo boshqarmasi boshlig‘i‎
Sharifxo‘jayev K.Sh.‎ —‎ “O‘zbek qog‘ozi” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 18-fevraldagi 76-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son qaroriga 5-ilovaning 4-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to‘g‘risida” 2003-yil 17-apreldagi 185-son qaroriga ilovadagi “O‘zbekqog‘ozsanoat” uyushmasi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar sportini targ‘ib qilish va bolalar uchun sport tovarlari ishlab chiqarish turlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2003-yil 18-iyuldagi 318-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 64-modda) 4-bandidan “O‘zbekqog‘ozsanoat” (Umarov)” so‘zlari chiqarib tashlansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 81-modda)