20.12.2005 yildagi O‘RQ-16-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.12.2005 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA SOLIQ SOLISh VA ULARNING HISOBOT BERISh TIZIMI TARTIBGA SOLINIShI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 11-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312 va 313-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi yoki yagona soliq toʻlanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qoʻllanilishi mumkin. Aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda aksiz soligʻi va yer ostidan foydalanganlik uchun soliq toʻlaganlari taqdirda, yagona soliq toʻlovi toʻlashga oʻtishlari mumkin. Yagona soliq toʻlovi yoki yagona soliq toʻlovchilarda import qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha aksiz soligʻini va qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash majburiyati ham saqlanib qoladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qismidagi “Yagona soliq” degan soʻzlar “Yagona soliq toʻlovi va yagona soliq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 77-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Soliq toʻlovchi, mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari, qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikrofirmalar va kichik korxonalar qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay va yil yakunlari boʻyicha yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatida taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi “Soliq toʻlovchi” degan soʻzlardan keyin “mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar aksiz soligʻi boʻyicha hisob-kitoblarni soliq yuzasidan roʻyxatdan oʻtgan joyidagi tegishli soliq organiga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 100-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yagona soliq toʻlovi toʻlaydigan mikrofirmalar va kichik korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olingan yer uchastkalari uchun budjetga ijara haqi toʻlashdan ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi “Yuridik va jismoniy shaxslar” degan soʻzlardan keyin “mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar yer ostidan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismi “Yuridik shaxslar” degan soʻzlardan keyin “mikrofirmalar va kichik korxonalardan tashqari” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar (qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq organlariga har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunigacha taqdim etadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-band chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-band “va ularning mansabdor shaxslariga” degan soʻzlardan keyin “tekshirish oʻtkazilayotgan vaqtda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Davlat statistikasi toʻgʻrisida”gi 441–II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 219-modda) 6-moddasining birinchi qismiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“moliya, bojxona, soliq organlaridan, banklardan, boshqa idoralar va xizmatlardan, yuridik shaxslar hamda ularning vakolatxonalari va filiallaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlardan davlat statistika hisobotlarini, idoraviy hisobga olish maʼlumotlarini olish va ulardan statistika maqsadlarida foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya, bojxona, soliq organlaridan hamda davlat tashkilotlaridan davlat statistika ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (ularni tayyorlashning har qanday bosqichida), shuningdek ularga ilova etiladigan tushuntirishlarni soʻrash va olish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi—oʻn ikkinchi xatboshilar tegishincha oltinchi—oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 20-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ–16-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 376-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 03/21/707/0780-son)